https://oz.sputniknews.uz/20221014/mirziyoev-mdh-davlat-rahbarlari-kengashi-majlisida-qanday-takliflar-bildirdi-29132696.html
Mirziyoyev MDH davlat rahbarlari Kengashida qanday takliflar bildirdi
Mirziyoyev MDH davlat rahbarlari Kengashida qanday takliflar bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti o‘z nutqida MDH doirasidagi sheriklikni mustahkamlashning muhim yo‘nalishlari yuzasidan o‘z nuqtayi-nazarini bayon qildi. 14.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-14T14:45+0500
2022-10-14T14:45+0500
2022-10-14T15:06+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
mdh
qozog‘iston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/0e/29131193_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_4681d0847ced270b55a93ee688c6c833.jpg
TOShKENT, 14 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlat rahbarlari kengashining majlisida bir qator takliflar ilgari surildi.Iqtisodiy aloqalar Shavkat Mirziyoyev MDH hududida iqtisodiy aloqalar izchil rivojlanib borayotganini aytib o‘tdi. Xususan, O‘zbekistonning tashkilotga a’zo davlatlar bilan tovar aylanmasi o‘tgan yil yakuniga ko‘ra 35 foizga oshdi, bu yil boshidan buyon esa yana uchdan birga o‘sdi.Aloqalar asosan mashinasozlik, energetika, kimyo, farmatsevtika, to‘qimachilik va boshqa sohalarda kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Birgina so‘nggi oylarning o‘zida O‘zbekistonda MDH mamlakatlaridagi sheriklar bilan 800 dan ortiq yangi korxona ishga tushirildi.Shu bilan birga, o‘zaro savdodagi to‘siqlarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish zarurligi aytib o‘tildi.Madaniy aloqalarMDH hududida madaniy aloqalar ham jadal rivojlanmoqda. Muntazam ravishda festivallar, konsertlar, yarmarkalar, sport va boshqa tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.O‘zbekiston ta’lim, fan, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at borasidagi qo‘shma loyihalar va dasturlar amalga oshirilishida yanada faol ko‘maklashish va ishtirok etishga tayyorligi ta’kidlandi.2023 yilda Sankt-Peterburg shahrini MDHning madaniyat poytaxti deb e’lon qilinishi to‘g‘risidagi qaror ko‘llab-quvvatlandi. 2024-yilda madaniyat poytaxti nomini olishga Samarqand nomzodi ilgari surildi.Har yili shaxmat bo‘yicha Hamdo‘stlik ochiq kubogini o‘tkazishni taklif qildi.Oziq-ovqat xavfsizligi va logistika Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida narx-navoning sun’iy o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda inflyatsiyani jilovlash maqsadida MDH makonida oziq-ovqat mahsulotlari to‘siqlarsiz yetkazib berilishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish muhimligini qayd etdi.Mamlakatlarimizning transport tizimiga bo‘lgan jiddiy tahdidlarni inobatga olgan holda, yangi logistika yo‘laklarini hamkorlikda rivojlantirish g‘oyat muhimdir. Bu o‘rinda gap “Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar” hamda “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘llarini qurish loyihalari haqida bormoqda. Ular MDHni transqit’aviy transport tashishlarning muhim zanjiriga aylantirishga ko‘maklashadi.So‘zining yakunida O‘zbekiston yetakchisi MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Sergey Lebedevning vakolatlari navbatdagi muddatga uzaytirilishini ma’qulladi hamda Sadir Japarovga 2023-yilda tashkilotga raislik faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/0e/29131193_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_26872cad9c988719b2b7812981c75117.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, mdh, qozog‘iston
siyosat, shavkat mirziyoyev, mdh, qozog‘iston
Mirziyoyev MDH davlat rahbarlari Kengashida qanday takliflar bildirdi
14:45 14.10.2022 (yangilandi: 15:06 14.10.2022) O‘zbekiston prezidenti o‘z nutqida MDH doirasidagi sheriklikni mustahkamlashning muhim yo‘nalishlari yuzasidan o‘z nuqtayi-nazarini bayon qildi.
TOShKENT, 14 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlat rahbarlari kengashining majlisida bir qator takliflar ilgari
surildi. Shavkat Mirziyoyev MDH hududida iqtisodiy aloqalar izchil rivojlanib borayotganini aytib o‘tdi. Xususan, O‘zbekistonning tashkilotga a’zo davlatlar bilan tovar aylanmasi o‘tgan yil yakuniga ko‘ra 35 foizga oshdi, bu yil boshidan buyon esa yana uchdan birga o‘sdi.
Aloqalar asosan mashinasozlik, energetika, kimyo, farmatsevtika, to‘qimachilik va boshqa sohalarda kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Birgina so‘nggi oylarning o‘zida O‘zbekistonda MDH mamlakatlaridagi sheriklar bilan 800 dan ortiq yangi korxona ishga tushirildi.
Shu bilan birga, o‘zaro savdodagi to‘siqlarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish zarurligi aytib o‘tildi.
MDH hududida madaniy aloqalar ham jadal rivojlanmoqda. Muntazam ravishda festivallar, konsertlar, yarmarkalar, sport va boshqa tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
O‘zbekiston ta’lim, fan, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at borasidagi qo‘shma loyihalar va dasturlar amalga oshirilishida yanada faol ko‘maklashish va ishtirok etishga tayyorligi ta’kidlandi.
2023 yilda Sankt-Peterburg shahrini MDHning madaniyat poytaxti deb e’lon qilinishi to‘g‘risidagi qaror ko‘llab-quvvatlandi.
2024 yilda madaniyat poytaxti nomini olishga Samarqand nomzodi ilgari surildi.
Har yili shaxmat bo‘yicha Hamdo‘stlik ochiq kubogini o‘tkazishni taklif qildi.
Oziq-ovqat xavfsizligi va logistika
Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida narx-navoning sun’iy o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda inflyatsiyani jilovlash maqsadida MDH makonida oziq-ovqat mahsulotlari to‘siqlarsiz yetkazib berilishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish muhimligini qayd etdi.
Mamlakatlarimizning transport tizimiga bo‘lgan jiddiy tahdidlarni inobatga olgan holda, yangi logistika yo‘laklarini hamkorlikda rivojlantirish g‘oyat muhimdir. Bu o‘rinda gap “Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar” hamda “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘llarini qurish loyihalari haqida bormoqda. Ular MDHni transqit’aviy transport tashishlarning muhim zanjiriga aylantirishga ko‘maklashadi.
So‘zining yakunida O‘zbekiston yetakchisi MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Sergey Lebedevning vakolatlari navbatdagi muddatga uzaytirilishini ma’qulladi hamda Sadir Japarovga 2023-yilda tashkilotga raislik faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.