https://oz.sputniknews.uz/20221014/mdh-davlat-rahbarlarining-tor-doiradagi-muzokaralarida-nimalar-muhokama-qilindi-29132319.html
MDH davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralarida nimalar muhokama qilindi
MDH davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralarida nimalar muhokama qilindi
Sputnik O‘zbekiston
MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev davlat rahbarlarining qarorlari haqida ma’lum qildi. 14.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-14T15:23+0500
2022-10-14T15:23+0500
2022-10-14T15:23+0500
siyosat
qozog‘iston
osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash (ohichk)
mdh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/0e/29124134_0:33:1280:753_1920x0_80_0_0_0d39ddeb410595e5a5b5dd55b69eaf0a.jpg
TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Ostona shahrida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) Davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisi yakunlandi. Unda faqat prezidentlar ishtirok etdi.Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev davlat rahbarlari tomonidan qabul qilingan qarorlar haqida ma’lum qildi.Qayd etilishicha, uchrashuvda prezidentlar hamdo‘stlik doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashishdi.Bundan tashqari, prezidentlar MDHning 2023-yilgi raisligiga Qirg‘iz Respublikasini tasdiqlashdi. Qirg‘izistonga Rossiya va Qozog‘iston hamraislar bo‘ladi.Prezidentlar qarori bilan MDH Davlat rahbarlarining navbatdagi kengashi 2023-yil 13-oktabr kuni Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadi.Ostonada o‘tgan sammit yakunida MDH va Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashi (OHIChK) organlarining nomi o‘zgargani ma’lum qilindi.OHIChK rahbari, shuningdek, MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi bundan buyon Bosh kotib deb ataladi. Bu ularning maqomi oshganini bildiradi. Qolaversa, “Mir” xalqaro teleradiokompaniyasi tashkil etilganining 30-yilligi munosabati bilan uning rahbari Radik Batirshin MDH davlatlarining faxriy diplomi bilan taqdirlandi.Tor doiradagi uchrashuvdan so‘ng MDH davlat rahbarlarining keng doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/0e/29124134_117:0:1164:785_1920x0_80_0_0_e02dcc38e3b046414ceb6628124bd245.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, qozog‘iston, osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash (ohichk), mdh
siyosat, qozog‘iston, osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash (ohichk), mdh
MDH davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralarida nimalar muhokama qilindi
MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev davlat rahbarlarining qarorlari haqida ma’lum qildi.
TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Ostona shahrida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) Davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisi yakunlandi. Unda faqat prezidentlar ishtirok etdi.
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev davlat rahbarlari tomonidan qabul qilingan qarorlar haqida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda prezidentlar hamdo‘stlik doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashishdi.
Bundan tashqari, prezidentlar MDHning 2023-yilgi raisligiga Qirg‘iz Respublikasini tasdiqlashdi. Qirg‘izistonga Rossiya va Qozog‘iston hamraislar bo‘ladi.
Prezidentlar qarori bilan MDH Davlat rahbarlarining navbatdagi kengashi 2023-yil 13-oktabr kuni Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadi.
Ostonada o‘tgan sammit yakunida MDH va Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashi (OHIChK) organlarining nomi o‘zgargani ma’lum qilindi.
OHIChK rahbari, shuningdek, MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi bundan buyon Bosh kotib deb ataladi. Bu ularning maqomi oshganini bildiradi.
Qolaversa, “Mir” xalqaro teleradiokompaniyasi tashkil etilganining 30-yilligi munosabati bilan uning rahbari Radik Batirshin MDH davlatlarining faxriy diplomi bilan taqdirlandi.
Tor doiradagi uchrashuvdan so‘ng MDH davlat rahbarlarining keng doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.