G‘arb Rossiyaga qarshi terroristik urushga o‘tmoqda

© © RIA Novosti / Konstantin MixalchevskiyPereyti v mediabankVertolet tushit pojar na Krimskom mostu
Vertolet tushit pojar na Krimskom mostu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2022
Obuna bo‘lish
Yaqindagina Rossiyani terrorizm homiysi sifatida e’lon qilmoqchi bo‘lgan AQSh esa homiy emas, balki Vashington rasman hech qanday harbiy harakatlar olib bormayotgan mustaqil mamlakat hududlariga halokatli hujumlar uyushtirayotgan terrorchining o‘zi bo‘lib chiqapti.
Ukrainlarning yonayotgan Qrim ko‘prigi oldida o‘zini ko‘z-ko‘z qilib suratga tushganlariga ham ko‘p bo‘lmadi. “Bizchi, nima uchun” - degan sado keladi Ukrainadan. Ammo, kechirasiz, sizlar g‘arblik sheriklar soyaboni ostida ancha ko‘p turdingiz. Ha, mana shu soyabon ostida qurol yetkazi berish, Zelenskiy va Anjelina Joli uchun pullar va axborotdan himoyalanish mumkin edi. Ammo, afsuski, u raketalardan himoya qilmaydi.
Yarim yildan buyon Ukraina o‘zini “ayyor ruslar”ning “jabrdiydasi” sifatida ko‘rsatmoqda. Pochta markalari, teraktlar fonida selfilar, o‘z harbiylari tomonidan o‘ldirilgan ukrain odamlari jasadlaridan installyatsiyalar, rahbarlarining noan’anaviy stendaplari. Tuppa-tuzuk tomosha, xullas.
Ammo bu “tomosha”larning bir kamchiligi bor. Hammaga hammasi aniq chindan ham. Va butun dunyo Vashington hamda London Kiyevga tonnalab qurollar, minglab xorijiy askarlarni jo‘natayotganini dahshat bilan tomosha qildi. Buning barchasini Rossiya bilan urush qilish uchun qildi. Dunyodagi barcha mamlakatlar rahbarlarida esa bu lahzalarda bir xil: agar menda ham shunday bo‘lsachi, degan o‘ylar kelgan. Aqldan ozgan “dunyo politsiyachisi” chindan ham hammani ko‘rqitib yubordi. Ko‘p suveren mamlakatlar rahbarlari bu borada norozligini ham bildirdi.
Qanchadir vaqtgacha bu “Ukrainaning rus imperealizmiga qarshi kurashi" sahnasi bo‘ldi. Qandaydir doimiy harbiy harakatlar. Professionallarning harbiy to‘qnashuvi. Dunyo hamjamiyati norozi bo‘ldi, biroq ichiga yutdi.
Ammo endi Vashingtonning proksi-kazaklari Rossiyaga qarshi oshkora va to‘g‘ridan-to‘g‘ri terrorizmga o‘tdi. Bu janr klassikasi. Bu mag‘lublar qila olishi mumkin bo‘lgan oxirgi ish. Va shu yerda anglo-sakson xojalar anchayin noqulay vaziyatda qolishdi.
Yillar davomida amerikaliklar mojahiylarni pul va qurol bilan ta’minlab kelmagan deb aytish mumkin edi. Ammo IGIL*ni qurollar bilan ovuntirgan britaniyaliklar emas edi. Ammo bunda qiziqqon ukrainlar sabab barcha niqoblar yechildi. Hammasi endi oshkor bo‘ldi.
Mana, “Shimoliy oqim-2” gaz quvurlarini portlatishmoqda. Ha, bu o‘sha yuqori darajadagi amerikalik rasmiylar yo‘q qilish bilan qo‘rqitgan. Aynan amerikaliklar ixtiyorida bugungi kunda eng ilg‘or suvosti boshqaruvchisiz apparatlar bor. Ular Boltiq tubiga portlaydigan qurilma yetkaza olishga qodir. Tabiiyki, dunyo jamoati fikri bunda amerikaliklar va inglizlarni ayblashga moyil. Ushbu diversiyani “anglosaksonlarniki” deb Vladimir Putin shunchaki hammaning dilidagi, biroq aytishga ko‘rqqan so‘zlarni aytdi xolos.
Yoki Moskva yaqinida Darya Duginaning - mashhur faylasuf, Rossiya mustaqilligining aqliy kurashi rahbari qizining mashinasini portlatishdi. Yana oddiy mantiqiy hisob-kitoblar orqali jahon hamjamiyati rus qiziga suiqasdni amerikaliklar yoki inglizlar buyurtma bergan degan xulosaga keladi. Va buni Ukrainada tug‘ilgan banderachi amalga oshirgani ham muhim emas. Asosiysi buyurtmachi okean ortidaku.
Ustiga-ustak amerikalik va britaniyalik maxsus xizmatlar uchun ziyolilar, siyosatchilar, mamlakatda mustaqillik uchun kurashayotgan faylasuflarga suiqasd uyushtirish har kuni bajariladigan odatiy amallar xolos. Yoki baxtiqaro Lotin Amerikasidagi holatni olaylik.
Yaqindagina Rossiyani terrorizm homiysi sifatida e’lon qilmoqchi bo‘lgan AQSh esa homiy emas, balki Vashington rasman hech qanday harbiy harakatlar olib bormayotgan mustaqil mamlakat hududlariga halokatli hujumlar uyushtirayotgan terrorchining o‘zi bo‘lib chiqapti. Va bunda demokratiya, “Ukraina ozodligi”, inson huquqlari haqida ehtirosga berilib so‘zlashlari ham qiyin bo‘lib bormoqda. Huquqlar o‘z yo‘liga, biroq odamlarni nega o‘ldirishmoqda?
Ushbu yoqimsiz yolg‘onni amerikaliklar anchayin kechroq tushunishdi. Ular bahona qilishga urinishdi. New York Times gazetasi Vashingtonning Moskva yaqinidagi teraktdan mutlaqo xabarsiz bo‘lganini aytgan qandaydir maxsus xizmatning haqiqatlarini oshkor qilgandek bo‘ldi. Go‘yoki, bular ortida Kiyev rejimi turibdi, biz emas, degandek.
Albatta, shunday, kim ham shubha bildirgandi? Bu iqrorlarda qandaydir tanishlik bor “- Men o‘ldirmadim, - deb shivirlaydi Raskolnikov, xuddi jinoyat paytida bolalarni tutib olishgandek”.
Amerikaning Politico jurnali taxmin qilishicha, New York Times gazetasidagi maqolasi bilan Vashington bunday teraktlar uyushtirish mumkin emasligini bildirib Zelenskiy rejimini ogohlantirmoqchi bo‘lgan va ukrain terroristlardan masofa saqlashga harakat qilgan.
Biroq, ogohlantirish bo‘lsada, baribir foyda bermadi. Maqola e’lon qilinishidan bir necha kun o‘tgandan so‘ng Qrim ko‘prigida portlash sodir etildi. U yana bir bora chaqnay boshlagan umidlarni yo‘qqa chiqardi va dunyo rahbarlarining asablariga yaxshigina ta’sir qildi.
Takror aytish lozim, har qanday mamlakatning rahbari Amerikaning barcha hujumlarini o‘ziga yaqin oladi. Agar mening gaz quvurlarimga yoki ko‘prikka yoki Xudo ko‘rsatmasin, AES ga hujum bo‘lsachi? Agar ular shifoxonaga o‘t ochishni xohlab qolishsachi? Metroga hujum qilishsachi? Yaqindagina “Turk oqimi”ga uyushtirilgan teraktni oldindan bartaraf etishdi. Xayriyat, ulgurishdi.
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich butun dunyo reaksiyasini bildirgandek bo‘ldi. «Qo‘rqqanimdan qora terga botdim”, - dedi u.
Hatto endi dunyo axborot maydonida ham ayyor Moskva va yomon Vlad haqida “qo‘rqinchli” hikoyalar berilmay qo‘ydi. Rossiya maxsus operatsiya mobaynida mas’uliyatlilik va insonparvarlik namoyish etdi. Ko‘pchilik Rossiya fuqarolari insonparvarlikni xohlashmayotgandek. Bu paytda xalqlar va ularning yetakchilari “qo‘rquvdan qora terga botmoqda” va Oq uy hamda uning butun dunyo bo‘ylab tarqalgan terrorchilar shaykalari nima qilar ekan deb o‘ylashmoqda.
Ular Yevropaning yarmiga radiatsiya yuqtirib bombalar bilan provokatsiyalar uyushtirishlari mumkin. O‘z proksi-kazaklar qo‘llari bilan elektrostansiyalarga zarar yetkazishlari mumkin. Keyin esa hammasini Moskvaga ag‘darishga harakat qilishadi. Ammo endi bu ish bermaydi. O‘shanda ular : “biz emas, buni Kiyev qildi” deydi. Ammo bu halok bo‘lgan odamlarning hayotini qaytarib bermaydi.
Xo‘sh, bunda Vashington qanday qilib dunyo yetakchisi rolini o‘ynashi mumkin? Qanday qilib demokratiyani olib borish va boshqalarning qulog‘iga lag‘mon ilish mumkin? Terroristik Kiyev bilan hamkorlik AQShni dunyo hamjamiyati oldida tashlandiqqa aylantiradi. Tinch aholining o‘limi, muhim infratuzilmaga uyushtirilgan diversiya ortida turgan mamlakat - u dunyoga qanday ta’sir o‘tkazishga iddao qilishi mumkin?
Muammo yana shundaki, epchil ukrain terrorchilari bir vaqtning o‘zida ikkita xojasi - AQSh va Buyuk Britaniyaga xizmat qilishga ulguradi. Ularning manfaatlari esa ba’zida bir-biriga zid. Vashington hali o‘zini binoyidek ko‘rsatmoqchi. Britaniya esa allaqachon o‘z obro‘siga tupurgan. Qaroqchilar oroli.
G‘arb matbuotida Britaniya razvedkasi Qrimda - yoki ular aytganidek, Kerch ko‘prigini bahorda diversiyalar uchun bir nechta rejalar ishlab chiqqanini tasdiqlovchi hujjatlar paydo bo‘lsa, bu hech kimni ajablantirmaydi. Ha, biz rejalashtirganmiz. Raketalar, dronlar bilan zarba berish, suvosti kemalar bilan jang qilish- xo‘p nima qilibdi shunga, qabilida ish tutishadi.
Ha, haqiqiy terakt boshqa ssenariy bo‘yicha uyushtirilgan. Federal razvedka xizmati portlash tashkilotchisi Kirill Budanov - Ukraina harbiy razvedka rahbari deb hisoblamoqda. Biroq, teraktning maqsadlari aynan Londonda belgilangan - rossiyalik harbiylarni izolyatsiya qilish va Qrim ko‘prigi bo‘ylab ularni qo‘llab-quvvatlashga xalaqit berish. Hujum rejasini britaniyaliklar aynan Boris Jonsonning Kiyevga tashrifi arafasida tuzishgan. Jonson esa Zelenskiyni so‘nggi ukrainga qadar jang qilishga ko‘ndirgan edi.
Diversiya muallifi, britaniyalik faxriy Maykl Uord Grayzone jurnalistlariga bergan intervyusida o‘zining muallifligini inkor etmagan. U o‘z rejalarini yuborgan adresat bundanda qiziqroq. Bu Britaniya razvedkasining yuqori martabali arbobi Kris Donnelli. U bir qancha NATO bosh kotiblarining maslahatchisi bo‘lib ishlagan.
Ushbu taniqli shaxs, Rossiyaga qarshi qanday qilib to‘g‘ri kurashish bo‘yicha bir nechta “ajoyib” asarlar muallifi, zamonaviy urushning o‘ziga xos konsepsiyasini biladi. Uning fikricha, urush kulrang zona deb ataladigan joyda e’lon qilinmasdan amalga oshirilishi kerak. Bunda hamma narsa qurol: neft, gaz, axborot, diplomatiya, madaniyat. Balki “Qarsildoq” baleti ham qurollar sirasiga kirar.
Donnellining so‘zlariga ko‘ra, NATO juda eskirgan, imillagan tuzilma. Yevropaliklar jang qilishni istamaydigan sabotajchilar. Blokni qandaydir tarzda jonlantirish uchun u Shimoliy Atlantika shartnomasini undan tom ma’noda bitta so‘zni olib tashlagan holda qayta yozishni taklif qiladi. Shunda ishtirokchi davlatlar “qurolli hujum”ga emas, oddiygina “hujum”ga javob qaytarishlari kerak bo‘ladi. Donnellining so‘zlariga ko‘ra, hujum har qanday yo‘l bilan amalga oshirilishi mumkin – xoh gaz narxini oshirish orqali, hattoki anglo-sakson kun tartibiga zid bo‘lgan gazetadagi maqola orqali ham. Yoki ruslar to‘satdan sahnasida “Qarsildoq”ni qo‘yishsa. Axir bu NATOga hujum emasmi?
Aslini olganda, Donnelli NATO blokiga asoslangan global harbiy diktatura o‘rnatishga intilmoqda. Ayni paytda, uning istaklari ro‘yobga chiqmadi, u kulrang zonada urush uchun har tomonlama tashviqot qilmoqda. Bu, jumladan, muhim infratuzilmaga diversiya, yuqori darajadagi terrorchilik hujumlari va fikr yetakchilarini o‘ldirishni o‘z ichiga oladi. Hozirgi modaga ko‘ra, bu gibrid urush nazariyasi. Eski modada va xalqaro huquqqa ko‘ra, bu terrorizmni oqlash va unga mafkuraviy asosdir.
Umuman olganda, odamlar ogoh bo‘ling. FRB deyarli har kuni aqldan ozgan ukrain kamikadzelarini qo‘lga olmoqda. Bittasi Moskva yaqinida ko‘chma zenit raketa kompleksidan oddiy samolyotga otmoqchi bo‘ldi, yana bittasi- Branskdagi transport-logistika terminalini portlatmoqchi bo‘ldi. Ammo bular shunchaki ijrochilar. Dunyo terrorizmining asl buyurtmachilari va homiylari London va Vashingtonda o‘tirishibdi. Bugungi kunda endi buni ortiq yashirishning iloji yo‘q.
* Rossiyada taqiqlangan terroristik tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0