Yengil atletika: OChda O‘zbekiston terma jamoasi oltin medalga sazovor bo‘ldi - foto

Obuna bo‘lish
Kuvaytda 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi.
TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Kuvaytda 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida boshlangan yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatining birinchi kun bahslaridayoq O‘zbekiston terma jamoasi oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqida Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Dastlabki medalni uch hatlab sakrash bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempioni Sharifa Davronova keltirdi.
U uzunlikka sakrash sektorida birinchilardan bo‘ldi. Davronova mazkur dasturda shaxsiy rekordini yangilab, 6,06 metr natija bilan yakunladi.
Ushbu yo‘nalishda ishtirok etgan boshqa bir atletchi Xushnoza Shavkatova 5,78 metr bilan to‘rtinchi o‘rindan joy oldi.
© Milliy olimpiya qo‘mitasi
Osiyo chempionati - Sputnik O‘zbekiston
1/2
© Milliy olimpiya qo‘mitasi
Osiyo chempionati - Sputnik O‘zbekiston
2/2
Yangiliklar lentasi
0