https://oz.sputniknews.uz/20221014/elektron-raqamli-imzoga-doir-qonunga-yangilik-kiritildi-29137814.html
Elektron raqamli imzoga doir qonunga yangilik kiritildi
Elektron raqamli imzoga doir qonunga yangilik kiritildi
Sputnik O‘zbekiston
Jismoniy va yuridik shaxslar bir nechta elektron raqamli imzo kalitlariga ega bo‘lishi mumkin. Har bir ERI kalitining sertifikatini ro‘yxatga olish belgilangan... 14.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-14T18:26+0500
2022-10-14T18:26+0500
2022-10-14T18:26+0500
jamiyat
o‘zbekiston
elektron imzo
raqamli imzo
imzo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/15/27336599_0:75:2497:1480_1920x0_80_0_0_d819440def8cdf6f7ba3ec07d77d1314.jpg
TOShKENT, 14 okt - Sputnik. Endi jismoniy va yuridik shaxslar bir nechta elektron raqamli imzo (ERI) kalitlariga ega bo‘lishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 12-oktabr kuni imzolagan 793-son qarorida belgilangan.Qonun bilan elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi munosabatlar tartibga solinadi. Elektron raqamli imzo va qo‘lda shaxsan qo‘yilgan imzo bir xil ahamiyatga ega. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ERIdan foydalanish sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.ERI kalitlarini ro‘yxatga olish markazi hamda shaxslar o‘rtasidagi elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi munosabatlar shartnoma asosida amalga oshiriladi.Jismoniy va yuridik shaxslar bir nechta ERI kalitlariga ega bo‘lishi mumkin. Har bir ERI kalitining sertifikatini ro‘yxatga olish belgilangan tartibda alohida amalga oshiriladi.ERI kaliti sertifikatining amal qilish muddati ro‘yxatga olingan paytdan e’tiboran 24 oydan oshmasligi kerak. Bunda ERIning amal qilish muddati ikki martadan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.O‘zbekistonning xorijdagi fuqarolari, shuningdek chet el jismoniy va yuridik shaxslari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar elektron raqamli imzoni konsullik muassasalari, shuningdek diplomatik vakolatxonalarning konsullik bo‘limlari orqali olishi mumkin.Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/15/27336599_0:0:2441:1831_1920x0_80_0_0_5b7cb278fe31c1d7548a0b5639f6d074.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, elektron imzo, raqamli imzo, imzo
jamiyat, o‘zbekiston, elektron imzo, raqamli imzo, imzo
Elektron raqamli imzoga doir qonunga yangilik kiritildi
Jismoniy va yuridik shaxslar bir nechta elektron raqamli imzo kalitlariga ega bo‘lishi mumkin. Har bir ERI kalitining sertifikatini ro‘yxatga olish belgilangan tartibda alohida amalga oshiriladi.
TOShKENT, 14 okt - Sputnik. Endi jismoniy va yuridik shaxslar bir nechta elektron raqamli imzo (ERI) kalitlariga ega bo‘lishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 12-oktabr kuni imzolagan 793-son qarorida
belgilangan. Qonun bilan elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi munosabatlar tartibga solinadi. Elektron raqamli imzo va qo‘lda shaxsan qo‘yilgan imzo bir xil ahamiyatga ega. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ERIdan foydalanish sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.
ERI kalitlarini ro‘yxatga olish markazi hamda shaxslar o‘rtasidagi elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi munosabatlar shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Qonunga muvofiq, ERI kalitini berish yoki uning sertifikatini ro‘yxatga olish bir ish kunidan oshmasligi kerak. ERI kalitiga ega bo‘lgan shaxslar elektron raqamli imzo mavjud bo‘lishi talab qilinadigan davlat xizmatlarining barcha turlaridan erkin foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Jismoniy va yuridik shaxslar bir nechta ERI kalitlariga ega bo‘lishi mumkin. Har bir ERI kalitining sertifikatini ro‘yxatga olish belgilangan tartibda alohida amalga oshiriladi.
ERI kaliti sertifikatining amal qilish muddati ro‘yxatga olingan paytdan e’tiboran 24 oydan oshmasligi kerak. Bunda ERIning amal qilish muddati ikki martadan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
O‘zbekistonning xorijdagi fuqarolari, shuningdek chet el jismoniy va yuridik shaxslari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar elektron raqamli imzoni konsullik muassasalari, shuningdek diplomatik vakolatxonalarning konsullik bo‘limlari orqali olishi mumkin.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.