Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

Osennie listya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2022
Obuna bo‘lish
15 oktabr kuni beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga iliq va quruq havo massasi kirib kelishi davom etadi. bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, faqat mamlakatning shimoliy hududlariga Kaspiy dengizi hududlaridan bulutli massivlar kirib kelishida 15-oktabr kuni beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Kunduzgi havo harorati ushbu kunning o‘rtacha meyoriy qiymatlaridan ko‘p bo‘ladi va 26...29 darajani tashkil etadi.
Shimolda va cho‘l hududlarda 16-oktabr kuni ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli bor.
Yangiliklar lentasi
0