Banklar uchun chet el valyutasini muomalaga chiqarishda cheklov yo‘q- MB

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVokzal "Tashkent-Yujniy" posle rekonstruksii
Vokzal Tashkent-Yujniy posle rekonstruksii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2022
Obuna bo‘lish
Xorijiy valyutani sotib olish va o‘tkazmalarni qabul qilishning cheklanishi tijorat banklari filiallariga naqd pul belgilarini logistika bilan ta’minlash bilan bog‘liq.
TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga chet el valyutasida naqd pul mablag‘larini sotib olish va muomalaga chiqarishda cheklovlar kiritilmagan. Markaziy bank matbuot kotibi Akmal Nazarov Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, banklar xususiy tijorat tashkiloti, bu borada amaliyotlarni o‘zi belgilaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tijorat banklarida chet el valyutasini sotib olish va chet el valyutasida o‘tkazmalarni qabul qilish cheklanishi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
Qayd etilishicha, xorijiy valyutani sotib olish va o‘tkazmalarni qabul qilishning cheklanishi tijorat banklari filiallariga naqd pul belgilarini logistika bilan ta’minlash bilan bog‘liq.

“Markaziy bank hech qanday cheklov belgilamagan, banklar xususiy tijorat tashkiloti bo‘lgani uchun amaliyotlarni o‘zi belgilaydi. Naqd xorijiy valyutaning vaqtincha taqchilligi tijorat banklarining uzoqdagi filiallariga naqd pul belgilarini yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin”, deydi Akmal Nazarov.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda xorijiy valyuta taqchilligi, banklar va ayirboshlash shoxobchalarida katta miqdorda dollar sotib olish va olishga cheklovlar joriy etilgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
Bir qator mahalliy ekspertlar xorijdan, xususan, Rossiyadan kelayotgan sayyohlar va mehmonlar oqimi tufayli tijorat banklari naqd valyutaga bo‘lgan talabni qondira olmayotganini taxmin qilishdi.
Misol uchun, “Mikrokreditbank”da valyuta xarid qilish va pul o‘tkazmalarini cheklovlarsiz qabul qilish mumkin.
“Bankda valyuta taqchilligi yo‘q. Biroq, valyutani sotib olishda cheklovlar mavjud va bu normal holat. Bank zahirasida cheklangan miqdordagi valyuta qolsa, ko‘proq bank foydalanuvchilariga xizmat ko‘rsatish maqsadida xaridlar bo‘yicha cheklovlar qo‘yilishi mumkin. Shuning uchun cheklov holatlari fuqarolarda vaximaga sabab bo‘lmasligi kerak”, deydi “Mikrokreditbank” matbuot kotibi Sarvar Ochilov.
O‘zbekistonda xorijdan, xususan, Rossiyadan kelayotgan pul jo‘natmalari muhojir oilalar uchun muhim daromad manbai bo‘lib qolmoqda.
Qo‘shni Tojikistondan farqli o‘laroq, Rossiya Federatsiyasidan rublda yuborilgan pul o‘tkazmalari O‘zbekiston banklarida ham milliy valyutada, ham dollarda amalga oshirilishi mumkin.
Aprel oyida O‘zbekiston Markaziy banki mamlakatda naqd xorijiy valyuta bilan operatsiyalarni amalga oshirishga cheklovlar joriy etilmasligini ma’lum qilgandi.
O‘zbekistonda 2020-yil sentabr oyidan boshlab 70 million so‘mgacha (taxminan 6,4 ming dollar) ekvivalentdagi naqd pullarni deklaratsiyalashsiz olib kirish va olib chiqish, deklaratsiyada ko‘rsatilgan holda esa 100 million so‘mgacha (taxminan 9,2 ming dollar) olib chiqish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0