Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina TIV rahbari Qrim va Belgoroddagi portlashlar ortida Kiyev turganini tan oldi

© AP Photo / Geert Vanden WijngaertDmitriy Kuleba, arxivnoe foto
Dmitriy Kuleba, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2022
Obuna bo‘lish
Kuleba Kiyev “birinchi navbatda, AQSh va Buyuk Britaniya bilan yaqin hamkorlikda” janubiy yo‘nalishda qarshi hujumga tayyorgarlik ko‘rayotganini tan olgan.
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba rossiyalik prankerlar Vladimir Kuznetsov (Vovan) va Aleksey Stolyarov (Leksus) bilan suhbatda Qrim va Belgorod viloyati hududiga qilingan hujumlar ortida Kiyev turganini tan oldi. Kuleba bilan suhbat bugun prankerlarning ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilingan, suhbatning sanasi ko‘rsatilmagan.
Prankerlar AQShning Rossiyadagi sobiq elchisi Maykl Makfol nomidan Kulebaga qo‘ng‘iroq qilgan.

“Qrim eng yaqin operativ nishon emas. Lekin agar siz mendan Qrim yoki Belgorodda kim nimadir portlatayotganini so‘rasangiz, shaxsiy muloqotda sizga shuni aytaman, ha, bu bizmiz”, - dedi Kuleba.

Ukraina tashqi ishlar vaziri, shuningdek, Kiyev “birinchi navbatda, AQSh va Buyuk Britaniya bilan yaqin hamkorlikda” janubiy yo‘nalishda qarshi hujumga tayyorgarlik ko‘rayotganini tan oldi.
Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va YeI allaqachon va’da qilgan pullar Ukraina uchun faqat yil oxirigacha yetarli bo‘ladi.
Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.
Yangiliklar lentasi
0