Rossiya harbiylari Artemovsk va Soledar aholisini evakuatsiya qilmoqda

Obuna bo‘lish
Avvalroq DXR va LXR qo‘shinlari Rossiya armiyasi ko‘magi bilan Otradovka, Vesolaya Dolina va Zaysevo qishloqlarini ozod qilishgandi.
Rossiya harbiylari bo‘linmalari ular nazorati ostida bo‘lgan Artemovsk va Soledar tumanlari va qator ozod qilingan qishloqlar aholisini evakuatsiya qilishmoqda. Bu haqda Pervomaysk ma’muriyatining ma’muriy xizmat ko‘rsatish sektori mudiri Viktor Garbar ma’lum qildi.
“Yakshanba kundan buyon 16 nafar aholini DXRga evakuatsiya qildik. Bu Soledar shaharlari, Zaysevo, Ivangrad hamda Pokrovskoe qishloqlari aholilari. Odamlar og‘ir ahvolda edi, chunki ularning na chirog‘i, na suvi, na gazi bo‘lgan. Askarlar ularga o‘z yeguliklarini berishgan”, - dedi u.
Garbar hozir odamlar DXRga jo‘natilgani va ular oziq-ovqat mahsulotlari, turar-joy bilan ta’minlanishganini ta’kidladi.
Uning aniqlik kiritilishicha, odamlar xavfsizlik nuqtayi nazaridan kechasi evakuatsiya qilingan.
“Odamlarni ular hayotini xavf ostiga qo‘ymaslik uchun kechasi olib chiqdik. Ukrainaning qurolli guruhlari kopterlar yordamida ular pozitsiyalarni aniqlab, hatto tinch aholiga zarba berishi mumkin edi”, - dedi Garbar.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.
Yangiliklar lentasi
0