Bu yil qish qanday bo‘ladi?

© AP Photo / David ZalubowskiMujchina vo vremya snegopada na ulitse Denvera, SShA
Mujchina vo vremya snegopada na ulitse Denvera, SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2022
Obuna bo‘lish
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda qish davrlari iliq va kam qorli bo‘ldi, bu O‘rta Osiyo uchun odatiy holdir.
TOShKENT, 13 okt - Sputnik. Kelayotgan qish fasli meyoriy va meyordan biroz yuqori harorat fonida o‘tishi, mavsumda yog‘ingarchilik bo‘yicha meyordan kam yog‘in kuzatilishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, yaqinlashayotgan qish mavsumi uchun tuziladigan prognoz haqida so‘zlashga hali juda erta, ammo iqlim ma’lumotlari tahlili va yetakchi jahon markazlari tomonidan 2022-2023 yillarning sovuq davri uchun tuzilgan dastlabki hisoblariga ko‘ra, qish mavsumi harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlar atrofida va undan biroz yuqori hamda yog‘ingarchilik taqchilligi bilan o‘tishi kutilmoqda.
Kelayotgan qish mavsumi davomida sovuq ob-havo davrlarida harorat 5-10 darajagacha, shimolda esa 15-20 darajagacha sovuq bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Bu qish oylari uchun iqlim meyoridan 5-8 darajaga past hisoblanadi.
O‘zgidrometga ko‘ra, so‘nggi 20-yil ichida 2007-2008, 2011-2012 yillardagi qish sovuq va uzoq davom etgan, bu o‘rtacha iqlim qiymatlaridan 3...4 darajaga past bo‘lgan. Ushbu qishlarning ayrim kunlarida havo harorati Toshkentda kechalari 15...17 darajagacha, kunduz kunlari esa 8...13 daraja​​​​​​​gacha pasaygan.
“Bunday ob-havo sharoiti odatda Rossiyaning Yevropa hududidan, Uraldan, ba’zan, hatto G‘arbiy Sibirdan sovuq havoning kirib kelishi hisobiga vujudga keladi”, - deyiladi xabarda.
Eng iliq qish oylari esa 2003-2004, 2008-2009, 2009-2010, 2021-2022 yillarga to‘g‘ri kelgan, Toshkentda o‘rtacha mavsumiy harorat meyordan 3...5 darajaga yuqori bo‘lgan. Umuman 2015-2016 yillarning qish mavsumi eng iliq qish mavsumi bo‘lib, qishning o‘rtacha harorati meyordan 5...darajaga yuqori bo‘lgan.
Eng iliq qish davrlarida kunduzgi havo harorati 20...23daraja​​​​​​​gacha iliq, ayrim kunlarda esa 25-27 darajagacha iliq bo‘lishimumkin.
Yangiliklar lentasi
0