https://oz.sputniknews.uz/20221013/putin-erdoganga-turkiyada-gaz-xabi-yaratish-goyasini-malum-qildi-29109769.html
Putin Erdog‘anga Turkiyada gaz xabi yaratish g‘oyasini ma’lum qildi
Putin Erdog‘anga Turkiyada gaz xabi yaratish g‘oyasini ma’lum qildi
Sputnik O‘zbekiston
Ta’kidlanishicha, “Gazprom” Turkiya energetika vaziri va Botas kompaniyasi rahbari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazgan. 13.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-13T19:50+0500
2022-10-13T19:50+0500
2023-04-05T18:40+0500
dunyoda
turkiya
vladimir putin
gaz
rejep tayyip erdog‘an
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/0d/29110548_578:208:2629:1362_1920x0_80_0_0_bb844428f24032adbee5ad3be6cbbb55.jpg
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘anga Turkiyada gaz xabi tashkil etishni taklif qildi.Rossiya rahbari Ostonadagi Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning oltinchi sammiti doirasida hamkasbi bilan uchrashuvda ta’kidlaganidek, “Gazprom” bu borada Turkiya energetika vaziri va Botas kompaniyasi rahbari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazdi.Keyinroq Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu masalani “mufassal va juda tez ishlab chiqish” topshirilganini qo‘shimcha qildi.Putin bir kun avval Rossiya energetika haftaligi forumidagi nutqida Moskva gaz tranzitini “Shimoliy oqim”dan “Turk oqimi”ga o‘tkazishi mumkinligini ta’kidlagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday qaror iqtisodiy foyda nuqtayi nazaridan o‘zini oqlaydi, bundan tashqari, bu yo‘nalish xavfsizroqdir.Shu bilan birga, u ushbu turdagi yoqilg‘ining joriy narxini o‘ta qimmat deb atadi.Putin, shuningdek, yaqinda Ukraina rasmiylarining “Turk oqimi”da terakt uyushtirishga urinishlarini esladi.Hafta boshida Rossiya prezidenti Ukraina tomonidan Qrim ko‘prigida uyushtirilgan terakt haqida gapirar ekan, Kiyev rasmiylari “Turk oqimi” gaz quvurini portlatib, Kursk atom elektr stansiyasiga qo‘poruvchilik qilishga uringanini qo‘shimcha qildi. Uning qayd etishicha, Moskva Kiyevning bu kabi harakatlariga keskin javob qaytaradi.
https://oz.sputniknews.uz/20221012/rossiya-turkiyada-yirik-gaz-xabi-yaratishi-mumkin---putin-29075148.html
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/0d/29110548_908:228:2333:1296_1920x0_80_0_0_3a3f3f79f71db42a39448d451dbb8d3b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, turkiya, vladimir putin, gaz, rejep tayyip erdog‘an, rossiya
dunyoda, turkiya, vladimir putin, gaz, rejep tayyip erdog‘an, rossiya
Putin Erdog‘anga Turkiyada gaz xabi yaratish g‘oyasini ma’lum qildi
19:50 13.10.2022 (yangilandi: 18:40 05.04.2023) Ta’kidlanishicha, “Gazprom” Turkiya energetika vaziri va Botas kompaniyasi rahbari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazgan.
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘anga Turkiyada gaz xabi tashkil etishni
taklif qildi. Rossiya rahbari Ostonadagi Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning oltinchi sammiti doirasida hamkasbi bilan uchrashuvda ta’kidlaganidek, “Gazprom” bu borada Turkiya energetika vaziri va Botas kompaniyasi rahbari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazdi.
“Agar Turkiyadan va boshqa mamlakatlardan bizning ehtimoliy xaridorlarimizdan qiziqish bo‘lsa, yanaboshqa gaz quvurlari tizimini qurish va Turkiyada boshqa davlatlarga, uchinchi davlatlarga sotish uchun gaz xabini yaratish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishimiz mumkin, birinchi navbatda, albatta, yevropaliklarga”, dedi Rossiya prezidenti.
Keyinroq Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu masalani “mufassal va juda tez ishlab chiqish” topshirilganini qo‘shimcha qildi.
Putin bir kun avval Rossiya energetika haftaligi forumidagi nutqida Moskva gaz tranzitini “Shimoliy oqim”dan “Turk oqimi”ga o‘tkazishi mumkinligini ta’kidlagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday qaror iqtisodiy foyda nuqtayi nazaridan o‘zini oqlaydi, bundan tashqari, bu yo‘nalish xavfsizroqdir.
“Biz (narxlarni – tahr.) hech qanday siyosiy ohanglarsiz, oddiy, bozor darajasida xotirjamlik bilan tartibga solishimiz mumkin edi”, - dedi Rossiya prezidenti.
Shu bilan birga, u ushbu turdagi yoqilg‘ining joriy narxini o‘ta qimmat deb atadi.
Putin, shuningdek, yaqinda Ukraina rasmiylarining “Turk oqimi”da terakt uyushtirishga urinishlarini esladi.
“Eshitganingizdek, ular uni ham portlatib yuborishga harakat qilishdi. Lekin, Xudoga shukur, bunday bo‘lmadi, u muvaffaqiyatli ishlamoqda”, - dedi Putin.
Hafta boshida Rossiya prezidenti Ukraina tomonidan Qrim ko‘prigida uyushtirilgan terakt haqida gapirar ekan, Kiyev rasmiylari “Turk oqimi” gaz quvurini portlatib, Kursk atom elektr stansiyasiga qo‘poruvchilik qilishga uringanini qo‘shimcha qildi. Uning qayd etishicha, Moskva Kiyevning bu kabi harakatlariga keskin javob qaytaradi.