https://oz.sputniknews.uz/20221013/mirziyoev-ostonada-turkiy-davlatlar-tashkiloti-bosh-kotibi-bilan-uchrashdi-29097110.html
Mirziyoyev Ostonada Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi bilan uchrashdi
Mirziyoyev Ostonada Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi bilan uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi bilan Samarqand sammitiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi. 13.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-13T16:01+0500
2022-10-13T16:01+0500
2022-10-13T16:01+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
ostona
turkiy davlatlar tashkiloti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/0d/29097195_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_953b3e5420c5e8f8b95198be4de3aacc.jpg
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Ostona shahrida o‘tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash (OHIChK) sammiti doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Bag‘dod Amreyevni qabul qildi.Keyingi yillarda tashkilot doirasidagi muloqot faollashib, ko‘p qirrali hamkorlik kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.Davlat rahbarlarining majlisi arafasida kun tartibini hamda savdo, investitsiya, transport, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va gumanitar almashinuv bo‘yicha ko‘p tomonlama hujjatlarni ishlab chiqish maqsadida vazirlar darajasida qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.Tashkilot sammitini puxta tayyorlash uchun ushbu nufuzli mintaqaviy tuzilma kotibiyati bilan yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.Eslatib o‘tamiz, Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti 11-noyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tadi. O‘tgan yili Turkiyaning Istanbul shahri bo‘lib o‘tgan sammitda Turkiy kengash nomini Turkiy davlatlar tashkiloti deb o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi.Tashkilotga Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston a’zo. Vengriya va Turkmaniston kuzatuvchi maqomiga ega.2009 yilda ushbu tuzilmaga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni har tomonlama mustahkamlash maqsadida tuzilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/0d/29097195_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_77acf6a6c419a8cd999878618f62edc8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, ostona, turkiy davlatlar tashkiloti
siyosat, shavkat mirziyoyev, ostona, turkiy davlatlar tashkiloti
Mirziyoyev Ostonada Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi bilan uchrashdi
O‘zbekiston prezidenti Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi bilan Samarqand sammitiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi.
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Ostona shahrida o‘tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash (OHIChK) sammiti doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Bag‘dod Amreyevni qabul
qildi. Keyingi yillarda tashkilot doirasidagi muloqot faollashib, ko‘p qirrali hamkorlik kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Joriy yil noyabr oyida Samarqandda bo‘ladigan sammitga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jihatlari ko‘rib chiqildi.
Davlat rahbarlarining majlisi arafasida kun tartibini hamda savdo, investitsiya, transport, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va gumanitar almashinuv bo‘yicha ko‘p tomonlama hujjatlarni ishlab chiqish maqsadida vazirlar darajasida qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Tashkilot sammitini puxta tayyorlash uchun ushbu nufuzli mintaqaviy tuzilma kotibiyati bilan yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti 11-noyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tadi.
O‘tgan yili Turkiyaning Istanbul shahri bo‘lib o‘tgan sammitda Turkiy kengash nomini Turkiy davlatlar tashkiloti deb o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi.
Tashkilotga Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston a’zo. Vengriya va Turkmaniston kuzatuvchi maqomiga ega.
2009 yilda ushbu tuzilmaga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni har tomonlama mustahkamlash maqsadida
tuzilgan.