JSST: Yevropada pandemiyaning yangi to‘lqini boshlandi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishGospital dlya bolnix COVID-19
Gospital dlya bolnix COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2022
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, mintaqadagi immuniteti zaif kishilarning koronavirus va mavsumiy grippga chalinish ehtimoli yuqori.
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Yevropada COVID-19 pandemiyasining yangi to‘lqini boshlandi. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga tayanib xabar berdi.
Aytilishicha, Yevropa mamlakatlarida koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda. Bu yerda kasallikni yuqtirganlar soni kun sayin oshib bormoqda.
JSST Yevropa mintaqaviy burosi va Kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish bo‘yicha Yevropa markazi rahbarlari mazkur holat yuzasidan qo‘shma bayonot bilan chiqdi.
“Afsuski, qit’amizda yana ko‘rsatkichlar o‘sishini kuzatapmiz. Bu COVID-19 pandemiyasining yangi to‘lqini boshlanganidan dalolat beradi”, deyiladi hujjatda.
Qayd etilishicha, mintaqadagi immuniteti zaif kishilarning koronavirus va mavsumiy grippga chalinish ehtimoli yuqori. Bu esa bemorlar soni ko‘payib, sog‘liqni saqlash tizimi muassasalariga yuklamalar keskin oshishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Shunga qaramay, har ikki virusning oldini olish va tarqalish ko‘lamini cheklashda eng samarali vosita, shubhasiz, vaksinalardir. Biroq Yevropada hanuz millionlab insonlar COVID-19ga qarshi emlanmagan.
JSST birinchi navbatda, aholining xavf guruhiga mansub qatlami emlanishi uchun tegishli choralar ko‘rilishi zarur, deb hisoblaydi.
Yangiliklar lentasi
0