YeOIIning aksariyat davlatlari Rossiya gazi uchun to‘lovni rublga o‘tkazdi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishGazokompressornaya stansiya. Arxivnoe foto
Gazokompressornaya stansiya. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2022
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, Rossiya, Belarus, Armaniston va Qirg‘iziston bunga rozi. Qozog‘iston hozir bu yo‘nalishda o‘ylayapti.
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOII) deyarli barcha davlatlari gaz uchun to‘lovni rublda to‘lashni muvofiqlashtirdi, Qozog‘iston hozircha bu masalani ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshev Rossiya energetika haftaligi doirasida RIA Novosti agentligiga ma’lum qildi.

“Yevroosiyo doirasida gaz bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarga ko‘ra, ba’zi davlatlar Rossiya gazi uchun o‘zaro faqat rus rublida to‘lashga kelishib olgan, Rossiya, Belarus, Armaniston va Qirg‘iziston bunga rozi. Qozog‘iston hozir bu borada o‘ylayapti”, - dedi Kojoshev.

U vaqt o‘tishi bilan milliy valyutalarda savdo jadal davom etishiga ishonch bildirdi.

“Rossiya rubli mustahkamlanadi, chunki Rossiya xomashosi va gazi yetkazib beriladigan mamlakatlarning barcha hududlarida milliy valyutalarda o‘zaro hisob-kitoblar ko‘payadi”, - deya qo‘shimcha qildi vazir.

O‘zbekiston 2020-yil dekabr oyida YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomini olgan edi. Ittifoq 2014-yilda Rossiya, Belarus va Qozog‘iston o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Bu ittifoqqa 2015-yilda Armaniston va Qirg‘iziston a’zo bo‘lgan, Moldova va Kuba kuzatuvchi maqomiga ega.
YeOIIning maqsadi — a’zo davlatlar aholisining turmush darajasini yuksaltirish borasida barqaror rivojlanish uchun sharoitlar yaratish, tovarlar, xizmatlar, kapital va ish resurslarining yagona bozorini shakllantirishga harakat qilish, global iqtisodiyot sharoitida milliy iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligini oshirish, har tomonlama modernizatsiyalash va o‘zaro kooperatsiyani rivojlantirishdan iborat.
Yangiliklar lentasi
0