“Eng ahmoqona g‘oya”. AQShda Zelenskiyning taklifini tanqid qilishdi

© © AP Photo / Andrew KravchenkoVladimir Zelenskiy
Vladimir Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2022
Obuna bo‘lish
Amerikalik jurnalist Vladimir Zelenskiyning Ukraina osmonida parvozsiz hudud yaratish taklifini tanqid qilishdi
TOShKENT, 13 okt - Sputnik Amerikalik jurnalist Piter Suchiu 19FortyFive nashrida e’lon qilingan maqolasida Ukraina prezidenti bildirgan mamlakat osmonida parvozsiz hudud yaratish taklifini “muvaffaqiyatsiz va ahmoqona” deb atagan.
Uning fikricha, Ukraina osmoni yopilmaydi, chunki bu mojaroning yanada kuchayishiga va G‘arb samolyotlarining Rossiya Harbiy-havo kuchlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashishiga olib keladi.

“Parvoz etilmaydigan hudud aslo Ukrainadagi harbiy harakatlarni to‘xtatmaydi. Bu shunchaki NATOni urushga aralashtirishi mumkin”, - deb yozadi jurnalist.

Jurnalist shuningdek, parvozsiz hududlarni yaratish samarali bo‘lmaydi deb hisoblaydi va avval ham bu chora qo‘llangani biroq mojarolarni to‘xtatishda hech qanday samara bermaganini eslatib o‘tgan.
24 fevraldan buyon Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazilmoqda. Prezident Vladimir Putin maxsus operatsiyaning maqsadi Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratish deb atadi.
Yangiliklar lentasi
0