Bayden yanglishib, Iroqda o‘g‘li vafot etganini aytdi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishPrezident SShA Djo Bayden
Prezident SShA Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2022
Obuna bo‘lish
Bayden to‘ng‘ich o‘g‘lini Iroqda vafot etgan deb yubordi, deya ta’kidlamoqda “Fox News”.
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden saraton kasalligidan vafot etgan to‘ng‘ich o‘g‘lini Iroqda vafot etgan deb yubordi va bu bilan xatoga yo‘l qo‘ydi.

“Tasavvur qiling-a, men buni chin dildan aytapman. Men buni Iroqda halok bo‘lgan "Bronza yulduzi" medali bilan taqdirlangan odamning otasi sifatida aytaman”, - dedi Bayden Koloradoda milliy yodgorlik ochilishida qilgan chiqishida.

Ma’lumot o‘rnida, AQSh prezidentining to‘ng‘ich o‘g‘li Jozef “Bo” Bayden 2015-yilda saraton kasalligidan vafot etgan.
Bu 79 yoshli Amerika prezidentining nutqida birinchi marta xatoga yo‘l qo‘yishi emas. Masalan, oldin u o‘zining vitse-prezidenti Kamala Xarrisni prezident deb yuborgan, Suriya va Liviyani adashtirib yuborgan.
Yangiliklar lentasi
0