Ayrim tovarlarga bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi

© unsplash.com/Paul TeysenKonteyneri import
Konteyneri import - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2022
Obuna bo‘lish
Sanoat ishlab chiqarishida qo‘shimcha qulayliklar yaratiladi.
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. 2025 yil 1-yanvarga qadar ayrim xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarga import bojxona boji nol stavkada qo‘llaniladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 12-oktabr kuni imzolagan 392-son qarorida belgilangan.
Qarorga ko‘ra, “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimi doirasida barcha tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona to‘lovlarini to‘lash talabi bekor qilinadi.
2023 yil 1-yanvardan boshlab:
- asbob-uskunalar sotib olish (sotish) bo‘yicha shartnomada montaj va ishga tushirish-sozlash xizmatlari, xodimlarni o‘qitish xizmatlari va boshqa xizmatlar qiymati ko‘rsatilmagan hollarda bozor qiymatidan kelib chiqib hisoblanadi;
- mazkur xizmatlarni ko‘rsatganlik uchun norezidentning soliq solinadigan daromadini shartnoma qiymatining 20 foiziga teng deb hisoblashning amaldagi tartibi bekor qilinadi.
O‘zbekiston hududiga import qilishda bojxona boji va QQSdan ozod etiladigan, o‘xshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar ro‘yxatiga ilovaga muvofiq texnologik asbob-uskunalar kiritildi.
© Telegram / nigoh_01Texnologik asbob-uskunalar ro‘yxati
Texnologik asbob-uskunalar ro‘yxati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2022
Texnologik asbob-uskunalar ro‘yxati
Yangiliklar lentasi
0