2023 yil MDHda Rus tili yili deb e’lon qilinadi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishFlagi gosudarstv-uchastnikov SNG
Flagi gosudarstv-uchastnikov SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2022
Obuna bo‘lish
MDH tashqi ishlar vazirlari 2023-yilni "Rus tili - millatlararo muloqot tili" yili sifatida e’lon qilishga kelishib olishdi.
TOShKENT, 13 okt – Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida 2023-yil "Rus tili - millatlararo muloqot tili" yili deb e’lon qilinadi. Bu haqida Harakatlar rejasi loyihasida aytib o‘tilgan. Sputnik Qozog‘iston xabariga asosan.
Harakatlar rejasi loyihasi Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashida muhokama qilindi.

Hujjat 150 dan ortiq tadbirlarni o‘z ichiga oladi - bular umumiy gumanitar, ilmiy-ma’rifiy, madaniy-ma’rifiy xarakterdagi tadbirlar, rus tili sohasida pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish, iqtidorli bolalar va yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash va MDH mamlakatlari fuqarolarini Rossiya oliy o‘quv yurtlarida o‘qishga jalb qilish va boshqalar.

Bundan tashqari, TIV Kengashi yig‘ilishi ishtirokchilari 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan gumanitar hamkorlik sohasidagi ustuvor harakatlar rejasi loyihasini ham ma’qulladilar va Hukumat rahbarlari kengashi ko‘rib chiqishi uchun kiritishga qaror qildilar.
Vazirlar kengashi a’zolari yoshlarning xalqaro hamkorligi strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar rejasini ma’qulladi, shuningdek, Bolalar huquqlari bo‘yicha vakillar (Ombudsmanlar) komissiyasi tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilishdi.
Yangiliklar lentasi
0