Zaxarova G‘arbni Afg‘oniston hisoblarini blokdan chiqarishga chaqirdi

© Sputnik / Press-slujba MID RFOfitsialniy predstavitel Ministerstva inostrannix del Rossii Mariya Zaxarova, arxivnoe foto
Ofitsialniy predstavitel Ministerstva inostrannix del Rossii Mariya Zaxarova, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV rasmiy vakili insonparvarlik yordamini siyosiy sharoit bilan bog‘lashni nomaqbul deb bilishini ta’kidladi.
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Rossiya G‘arbni Afg‘oniston Markaziy banki hisoblarini butunlay blokdan chiqarishga chaqirmoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova brifingda ma’lum qildi.
Shuningdek, u insonparvarlik yordamini siyosiy sharoit bilan bog‘lashni nomaqbul deb bilishini ta’kidladi.
Mariya Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistonni mojarodan keyin qayta tiklash bo‘yicha majburiyatlardan bo‘yin tovlamoqda, afg‘on aktivlarini blokirovka qilishda davom etmoqda va shu orqali mahalliy hokimiyatlarni iqtisodiyotni tiklash, xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurash uchun resurslardan mahrum qilmoqda.

“Biz g‘arbliklarni Markaziy bank hisoblarini imkon qadar tezroq blokdan chiqarishga chaqiramiz. Bundan tashqari, insonparvarlik yordamini har qanday siyosiy sharoit bilan bog‘lashni nomaqbul deb hisoblaymiz”, - deydi u.

Zaxarova Afg‘onistondagi mavjud vaziyat va afg‘on iqtisodiyotining tiklanishi uchun Vashington to‘liq javobgar ekanligini qo‘shimcha qildi.
Yangiliklar lentasi
0