https://oz.sputniknews.uz/20221012/vladimir-norov-mdh-tashqi-ishlar-vazirlari-kengashida-ishtirok-etdi-29076703.html
Norov MDH tashqi ishlar vazirlari kengashida ishtirok etdi
Norov MDH tashqi ishlar vazirlari kengashida ishtirok etdi
Sputnik O‘zbekiston
Ostonada MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi boshlandi. Tafsilotlar bizning materialimizda. 12.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-12T22:03+0500
2022-10-12T22:03+0500
2022-10-12T22:03+0500
siyosat
vladimir norov
o‘zbekiston tiv
mdh tashqi ishlar vazirlari kengashi
mdh
qozon shahridagi mdh o‘yinlari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/0c/29075506_0:17:800:467_1920x0_80_0_0_313a9dc5157c0ac56fb7c38ef77b0f11.jpg
TOShKENT, 12 okt - Sputnik. Payshanba kuni Qozog‘iston poytaxtida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda respublika tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Tadbirda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov ishtirok etmoqda.Uchrashuvda, shuningdek, Sergey Lavrov, Ararat Mirzoyan (Armaniston), Vladimir Makey (Belarus), Jeenbek Kulubayev (Qirg‘iziston), Muxtor Tleuberdi (Qozog‘iston), Rashid Meredov (Turkmanisto), Jeyhun Bayramov (Ozarbayjon) Sirojiddin Muxriddin (Tojikiston) va MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev ishtirok etadi.Ma’lumki, MDH vazirlar kengashi majlisining kun tartibi loyihasi ancha hajmli bo‘lib, 19 ta banddan iborat. Vazirlar MDH doirasidagi xalqaro hamkorlik va o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashadilar, so‘ngra bir qator hujjatlarni imzolaydilar. Shu bilan birga, Tashqi ishlar vazirlari kengashi kun tartibidagi 7ta hujjat bo‘yicha yakuniy qarorlarni qabul qiladi.Shuningdek, vazirlar “Hamdo‘stlik sport poytaxtlari” davlatlararo dasturi to‘g‘risidagi nizomni imzolaydilar."Bizda "Hamdo‘stlikning madaniy poytaxtlari" dasturi allaqachon mavjud bo‘lib, u yillar davomida o‘zini eng yaxshi tomondan namoyish qildi. Endi biz bu muvaffaqiyatli amaliyotni sport sohasiga ham yo‘naltirmoqchimiz. Mamlakatlarimizda birgalikda turli sport va boshqa musobaqalari o‘tkazishga ehtiyoj ortib bormoqda. Bunga 2021-yilda Qozon shahrida birinchi marta o‘tkazilgan MDH davlatlari o‘yinlarining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi ham yordam berdi. Ushbu o‘yinlar sport jamoatchiligida yuqori baholandi va yangi sport tashabbuslarini rivojlantirishga xizmat qildi" - dedi MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi.Taxminlarga ko‘ra, Hamdo‘stlikning sport poytaxti maqomi har yili navbat bilan MDH mamlakatlaridagi shaharlardan biriga beriladi. Shaharlarni tanlashning asosiy mezonlari jismoniy tarbiya va sportni faol rivojlantirishga tayyorlik, fuqarolik tashabbuslari va ushbu sohada xalqaro hamkorlik bo‘yicha takliflarning mavjudligi, davlatlararo tarmoq hamkorligi uchun zarur shart-sharoitlar, jismoniy tarbiya va sport tadbirlarining keng doirasi va loyihalar va zarur infratuzilmaning mavjudligi.Shunigdek, majlisda tashqi ishlar vazirlari kengashi a’zolari Bolalar ombudsmanlari (ombudsmanlari) komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va bu haqdagi nizom loyihasini tasdiqlaydi.Komissiyaning tashkil etilishi ombudsmanlarning o‘zaro hamkorligi va birgalikdagi faoliyatining yangi formati uchun asos bo‘ladi hamda yagona xalqaro muloqot platformasi doirasidagi kelgusi hamkorlik MDH hududida bolalarning xalqaro siyosati masalalari bo‘yicha davlatlarning sa’y-harakatlarini birlashtirish imkonini beradi. Bundan tashqari, Vazirlar kengashi majlisida yoshlarning xalqaro hamkorligi strategiyasini kelgusi ikki yillik davrga amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi, havo kuchlari va harbiy havo kuchlari uchun harbiy kadrlar tayyorlash sohasida bazaviy tashkilot to‘g‘risida qarorlar qabul qilinishi rejalashtirilgan. Transport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazalarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni olish va taqdim etish tartibini belgilovchi xalqaro-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash va kelishish bo‘yicha davlatlararo ishchi guruhini tashkil etish ham nazarda tutilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/0c/29075506_78:0:723:484_1920x0_80_0_0_ce68cca61ba5dfe30bbabb747dc97208.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, vladimir norov, o‘zbekiston tiv, mdh tashqi ishlar vazirlari kengashi, mdh, qozon shahridagi mdh o‘yinlari
siyosat, vladimir norov, o‘zbekiston tiv, mdh tashqi ishlar vazirlari kengashi, mdh, qozon shahridagi mdh o‘yinlari
Norov MDH tashqi ishlar vazirlari kengashida ishtirok etdi
Ostonada MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi boshlandi. Tafsilotlar bizning materialimizda.
TOShKENT, 12 okt - Sputnik. Payshanba kuni Qozog‘iston poytaxtida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda respublika tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov ishtirok etmoqda.
Uchrashuvda, shuningdek, Sergey Lavrov, Ararat Mirzoyan (Armaniston), Vladimir Makey (Belarus), Jeenbek Kulubayev (Qirg‘iziston), Muxtor Tleuberdi (Qozog‘iston), Rashid Meredov (Turkmanisto), Jeyhun Bayramov (Ozarbayjon) Sirojiddin Muxriddin (Tojikiston) va MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev ishtirok etadi.
Ma’lumki, MDH vazirlar kengashi majlisining kun tartibi loyihasi ancha hajmli bo‘lib, 19 ta banddan iborat. Vazirlar MDH doirasidagi xalqaro hamkorlik va o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashadilar, so‘ngra bir qator hujjatlarni imzolaydilar. Shu bilan birga, Tashqi ishlar vazirlari kengashi kun tartibidagi 7ta hujjat bo‘yicha yakuniy qarorlarni qabul qiladi.
"Bunday hujjatlar orasida 2023-yilga mo‘ljallangan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasida ko‘p bosqichli TIVlararo maslahatlashuvlar rejasi ham bor. Unda an’anaviy ravishda tashqi siyosatni rejalashtirish, Hamdo‘stlik davlatlarining BMTdagi pozitsiyalarini muvofiqlashtirish, boshqa xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarga oid mavzular kiritilgan. Yangi chaqiriq va tahdidlarga qarshi kurashish, qurollar nazorati va qurolsizlanish masalalari, xalqaro axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida, shuningdek, axborot sohasida hamkorlik bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Undan tashqari Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlari bilan bilan o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari bo‘yicha”, - dedi Lebedev.
Shuningdek, vazirlar “Hamdo‘stlik sport poytaxtlari” davlatlararo dasturi to‘g‘risidagi nizomni imzolaydilar.
"Bizda "Hamdo‘stlikning madaniy poytaxtlari" dasturi allaqachon mavjud bo‘lib, u yillar davomida o‘zini eng yaxshi tomondan namoyish qildi. Endi biz bu muvaffaqiyatli amaliyotni sport sohasiga ham yo‘naltirmoqchimiz. Mamlakatlarimizda birgalikda turli sport va boshqa musobaqalari o‘tkazishga ehtiyoj ortib bormoqda. Bunga 2021-yilda Qozon shahrida birinchi marta o‘tkazilgan MDH davlatlari o‘yinlarining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi ham yordam berdi. Ushbu o‘yinlar sport jamoatchiligida yuqori baholandi va yangi sport tashabbuslarini rivojlantirishga xizmat qildi" - dedi MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi.
Taxminlarga ko‘ra, Hamdo‘stlikning sport poytaxti maqomi har yili navbat bilan MDH mamlakatlaridagi shaharlardan biriga beriladi. Shaharlarni tanlashning asosiy mezonlari jismoniy tarbiya va sportni faol rivojlantirishga tayyorlik, fuqarolik tashabbuslari va ushbu sohada xalqaro hamkorlik bo‘yicha takliflarning mavjudligi, davlatlararo tarmoq hamkorligi uchun zarur shart-sharoitlar, jismoniy tarbiya va sport tadbirlarining keng doirasi va loyihalar va zarur infratuzilmaning mavjudligi.
Shunigdek, majlisda tashqi ishlar vazirlari kengashi a’zolari Bolalar ombudsmanlari (ombudsmanlari) komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va bu haqdagi nizom loyihasini tasdiqlaydi.
Komissiyaning tashkil etilishi ombudsmanlarning o‘zaro hamkorligi va birgalikdagi faoliyatining yangi formati uchun asos bo‘ladi hamda yagona xalqaro muloqot platformasi doirasidagi kelgusi hamkorlik MDH hududida bolalarning xalqaro siyosati masalalari bo‘yicha davlatlarning sa’y-harakatlarini birlashtirish imkonini beradi.
Bundan tashqari, Vazirlar kengashi majlisida yoshlarning xalqaro hamkorligi strategiyasini kelgusi ikki yillik davrga amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi, havo kuchlari va harbiy havo kuchlari uchun harbiy kadrlar tayyorlash sohasida bazaviy tashkilot to‘g‘risida qarorlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Transport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazalarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni olish va taqdim etish tartibini belgilovchi xalqaro-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash va kelishish bo‘yicha davlatlararo ishchi guruhini tashkil etish ham nazarda tutilgan.