Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya harbiylari Zaporojyedagi front yaqinidagi qishloqqa gumanitar yordami olib borishdi

Obuna bo‘lish
RIA Novosti muxbirlari Rossiya harbiylari bilan birga Zaporojye viloyatidagi front oldidagi Novoe qishlog‘i aholisiga insonparvarlik yordamini yetkazib berishdi.
Oziq-ovqat mahsulotlari, bolalar yeguliklari va shaxsiy gigiyena buyumlari Leningrad viloyati Vsevolojsk shahridan yuborilgandi.
Ular yaqinida front chizig‘i bo‘lgan qishloq aholisi avvalroq Rossiya harbiylariga birinchi zaruriy buyumlarni yetkazib berishni so‘rab murojaat qilishgandi. Ro‘yxat shakllantirilgandan so‘ng insonparvarlik yordamining birinchi partiyasi Novoe qishlog‘ida manzilli jo‘natildi. Yaqin kunlarda u yerga Rossiyaning boshqa turli hududlaridan ham yordam yuklari olib kelinishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0