Kuvayt Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashga a’zo bo‘ladi

© PulatovFlagi stran-uchastnis sammita Soveshaniya po vzaimodeystviyu i meram doveriya v Azii
Flagi stran-uchastnis sammita Soveshaniya po vzaimodeystviyu i meram doveriya v Azii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2022
Obuna bo‘lish
Sammitda Birlashgan Millatlar Tashkilotining terrorizmga qarshi global strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha harakatlar rejasi loyihasi qabul qilinishi kutilmoqda.
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Ostona shahrida 13-14 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning VI sammitida Kuvayt kengashga a’zo bo‘ladi. Bu haqida RIA Novosti xabar qilmoqda.

Unda Kuvaytning ushbu tashkilotga to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilinishi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

Sammitda shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining terrorizmga qarshi global strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha harakatlar rejasi loyihasi qabul qilinishi ham kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Bahrayn, Bangladesh, Vyetnam, Misr, Isroil, Hindiston, Iordaniya, Iroq, Eron, Qozog‘iston, Qatar, Kambodja, Xitoy, Janubiy Koreya, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, BAA, Pokiston, Falastin, Rossiya, Tojikiston, Tailand, Turkiya, Shri-Lanka Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashining doimiy a’zolari hisoblanadi.
Kengashda kuzatuvchi maqomidagi mamlakatlar: Belarus, Indoneziya, Malayziya, AQSh, Ukraina, Filippin, Yaponiya, Laos va Turkmaniston.
Eslatib o‘tamiz, bugun Ostona shahrida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning VI sammiti o‘z ishini boshlaydi. Sammitda 11 davlat yetakchilari ishtirok etadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan Ostona shahriga jo‘nab ketdi. Shavkat Mirziyoyev Ostonada “muloqot forumi”da nutq so‘zlaydi.
Yangiliklar lentasi
0