O‘zbekiston Rossiya kompaniyalari bilan mehnatni muhofaza qilishda qator kelishuvlarga erishdi

© O‘zbekneftgazButun Rossiya mehnatni muxofaza qilish xaftaligi
Butun Rossiya mehnatni muxofaza qilish xaftaligi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2022
Obuna bo‘lish
“O‘zbekneftgaz” va O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Rossiyaning Sochi shaxrida bo‘lib o‘tgan “Butun Rossiya mehnatni muxofaza qilish xaftaligi – 2022”da ishtirok etdi.
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. "O‘zbekneftgaz" va O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Rossiya kompaniyalari bilan mehnatni muhofaza qilish masalalarida qator kelishuvlarga erishdi.
Rossiyaning Sochi shahrida “Butun Rossiya mehnatni muhofaza qilish xaftaligi – 2022” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmada O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Anton Kotakov, Rossiya mehnat va bandlik federal xizmati rahbari Mixail Yuryenvich Ivankovlar bilan uchrashdi. Unda Rossiyadagi turdosh korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari kelishib olindi.
© O‘zbekneftgazButun Rossiya mehnatni muxofaza qilish xaftaligi
Butun Rossiya mehnatni muxofaza qilish xaftaligi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2022
Butun Rossiya mehnatni muxofaza qilish xaftaligi
Bundan tashqari, turli xil ishlab chiqarish tashkilotlari va sanoat birlashmalari bilan B2B uchrashuvlar o‘tkazilib, ular bilan sanoat kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish orqali sanoat xavfsizligi bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish masalalari ham kelishib olindi.
© O‘zbekneftgazButun Rossiya mehnatni muxofaza qilish xaftaligi
Butun Rossiya mehnatni muxofaza qilish xaftaligi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2022
Butun Rossiya mehnatni muxofaza qilish xaftaligi
Unga ko‘ra, Rossiyaning “Komus” kompaniyasining bir va ko‘p marta ishlatiladigan respirator niqoblari va filtrlari borasida kelgusida uchrashuvlar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Qolaversa, “ROSOMZ” kompaniyasining himoya dubulg‘asi, sanoat ko‘zoynak turlari bo‘yicha “O‘zbekneftgaz” va tizim tashkilotlariga mahsulotlar xaridini amalga oshirish yuzasidan taqdimot o‘tkazish uchun taklif etildi.
Yangiliklar lentasi
0