“Mahalla budjeti” tizimi joriy etiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2022
Obuna bo‘lish
Har bir viloyatning bittadan tumanida tajriba tariqasida aholining mol-mulk va yer solig‘ini undirish mahallaning o‘ziga o‘tkaziladi.
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Har bir mahalla o‘zining muammosini mustaqil hal etishi uchun 2023-yildan “Mahalla budjeti” tizimi joriy etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev mahallalarni obod qilish va aholini o‘ylantirayotgan masalalarni hal etish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazgan yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Kelgusi yil 1-yanvardan boshlab har bir viloyatning bittadan tumanida tajriba tariqasida aholining mol-mulk va yer solig‘ini undirish mahallaning o‘ziga o‘tkaziladi.
Bunda undirilgan mol-mulk va yer solig‘i mahalla budjetida qoladi. Har yili 1-fevralga qadar hokimlar mahalla raisi va hokim yordamchilari bilan birga mahalla budjeti hisobidan hal qilinadigan loyihalar ro‘yxatini tuman Kengashlariga tasdiqlash uchun kiritadi;
Kelgusi yil yakunida ushbu tajribani barcha hududlarda joriy etish rejalashtirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0