https://oz.sputniknews.uz/20221012/bayden-etarlicha-malakasi-bolmagani-sabab-siyosatchi-yolini-tanlagani-haqida-hazil-qildi-29046258.html
Bayden yetarlicha malakasi bo‘lmagani sabab siyosatchi yo‘lini tanlagani haqida hazil qildi
Bayden yetarlicha malakasi bo‘lmagani sabab siyosatchi yo‘lini tanlagani haqida hazil qildi
Sputnik O‘zbekiston
AQSh prezidenti Jo Bayden boshqa sohalarda yetarlicha malakasi bo‘lmagani sabab siyosatchi bo‘lganini aytib hazillashdi. 12.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-12T11:16+0500
2022-10-12T11:16+0500
2022-10-12T11:16+0500
dunyoda
aqsh
jo bayden
siyosat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0a/26999819_0:59:2880:1679_1920x0_80_0_0_3272fa21cb64da41cd3ca01a47f51779.jpg
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Jo Bayden o‘t o‘chiruvchi yoki ruhoniy bo‘lish uchun yetarli darajada malakasi bo‘lmagani uchun siyosatchi yo‘lini tanlagan. Kecha Oq uyda bo‘lib o‘tgan tadbirda u shunday hazil qildi. Bayden 2021-yil 20-yanvarda lavozimga kirishgan. U saylanganidan beri 228 kunni ta’tilda o‘tkazgan. Eslatib o‘tamiz, yaqinda Issues & Answers/TIPP tomonidan o‘tkazilgan so‘rov amerikaliklarning 59 foizi Jo Baydenning ruhiy salomatligidan xavotirda ekanini ko‘rsatgandi.“The Washington Post” va “ABC News” o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, AQSh Demokratik partiyasi tarafdorlarining yarmidan ko‘pi 2024-yilgi navbatdagi prezidentlik saylovlarida Bayden nomzodini qo‘llab-quvvatlamaydi. Demokratlar va bu partiyaning mustaqil tarafdorlarining 56 foizi saylov vaqtida 82 yoshga to‘ladigan Bayden o‘rniga boshqa nomzod ko‘rsatishni xohlashlarini bildirgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0a/26999819_96:0:2784:2016_1920x0_80_0_0_f04565fbd6511ba46bf9644eebbbb02a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, aqsh, jo bayden, siyosat
dunyoda, aqsh, jo bayden, siyosat
Bayden yetarlicha malakasi bo‘lmagani sabab siyosatchi yo‘lini tanlagani haqida hazil qildi
AQSh prezidenti Jo Bayden boshqa sohalarda yetarlicha malakasi bo‘lmagani sabab siyosatchi bo‘lganini aytib hazillashdi.
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Jo Bayden o‘t o‘chiruvchi yoki ruhoniy bo‘lish uchun yetarli darajada malakasi bo‘lmagani uchun siyosatchi yo‘lini tanlagan. Kecha Oq uyda bo‘lib o‘tgan tadbirda u shunday
hazil qildi. "Men Delaver shtatining Kleymont shahrida o‘sganman. Sent-Rouzdagi mahalliy maktabda o‘qiganman, ro‘parasida o‘t o‘chirish stansiyasi bor edi. Va mening barcha do‘stlarim yo o‘t o‘chiruvchi, yo politsiyachi yoki ruhoniy bo‘lishdi. Menda bu borada yetarlicha malaka yo‘q edi va shuning uchunham bugun shu yerdaman”, - dedi AQShning amaldagi prezidenti.
Bayden 2021-yil 20-yanvarda lavozimga kirishgan. U saylanganidan beri 228 kunni ta’tilda
o‘tkazgan. Eslatib o‘tamiz, yaqinda Issues & Answers/TIPP tomonidan o‘tkazilgan so‘rov amerikaliklarning 59 foizi Jo Baydenning ruhiy salomatligidan xavotirda ekanini ko‘rsatgandi.
“The Washington Post” va “ABC News” o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, AQSh Demokratik partiyasi tarafdorlarining yarmidan ko‘pi 2024-yilgi navbatdagi prezidentlik saylovlarida Bayden nomzodini qo‘llab-quvvatlamaydi. Demokratlar va bu partiyaning mustaqil tarafdorlarining 56 foizi saylov vaqtida 82 yoshga to‘ladigan Bayden o‘rniga boshqa nomzod ko‘rsatishni xohlashlarini
bildirgan.