Xorazm Ma’mun akademiyasi kitoblar fondida qanday noyob qo‘lozmalar saqlanmoqda

© Sputnik / Asatur YesayansStarinnaya rukopis
Starinnaya rukopis - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2022
Obuna bo‘lish
Ular orasida Ogahiy asl dastxati bilan tarjimasi yozilgan Sa’diy Sheroziyning “Guliston” asari ham bor.
Xorazm Ma’mun akademiyasi kitoblar fondida Xorazm viloyati hududidan topilgan 9 ta qadimiy noyob qo‘lozmalar ham mavjud. Ular orasida Ogahiy asl dastxati bilan tarjimasi yozilgan Sa’diy Sheroziyning “Guliston” asari ham o‘rin olgan. Sputnik muxbiri akademiya xodimlaridan bu kitoblar haqida ma’lumot oldi.
© Suratlar Xorazm Ma’mun akademiyasi katta ilmiy xodimi Dilmurod Bobojonov tomonidan taqdim etilgan
Xorazm Ma’mun akademiyasi kitoblar fondidagi noyob qo‘lozmalar - Sputnik O‘zbekiston
1/3
© Suratlar Xorazm Ma’mun akademiyasi katta ilmiy xodimi Dilmurod Bobojonov tomonidan taqdim etilgan
Xorazm Ma’mun akademiyasi kitoblar fondidagi noyob qo‘lozmalar - Sputnik O‘zbekiston
2/3
© Suratlar Xorazm Ma’mun akademiyasi katta ilmiy xodimi Dilmurod Bobojonov tomonidan taqdim etilgan
Xorazm Ma’mun akademiyasi kitoblar fondidagi noyob qo‘lozmalar - Sputnik O‘zbekiston
3/3
1/3
2/3
3/3
“Qadimiy noyob qo‘lozmalar ilmiy tadqiqotlar olib borganda juda qo‘l keladi. Viloyat hududida 9 ta qadimiy kitoblar topilib, Xorazm Ma’mun akademiyasiga topshirildi. Bu kitoblar orasida mashhur fors-tojik adibi Sa’diy Sheroziy qalamiga mansub “Guliston” asarining turkiy tildagi tarjima qo‘lozmasi bor. Qadimiy kitoblar akademiyaga olib kelinishi bilan butun jamoa quvonib ketdik”, - dedi Xorazm Ma’mun akademiyasi katta ilmiy xodimi Dilmurod Bobojonov.
Mazkur kitoblarni akademiyaga Xiva shahri Gulirayhon mahallasida yashovchi Otaxon Matkarimov va Xiva shahar IIB xodimi Sh.Qurbonboyev taqdim etishgan.
Ta’kidlanishicha, “Guliston” asarining mazkur tarjimasi Muhammadrizo Ogahiy qalamiga mansub va aynan adibning asl dastxati ekanligi aniqlangan. Shu vaqtgacha tarjimonning ushbu asardagi dastxat nusxasi bo‘lmagan.
“Kitoblarni olib kelishganida “Guliston” tarjimasi Munis Xorazmiyga tegishli deb aytishdi. Men qo‘lozmani orqa tarafini ko‘rganimda milodiy 1862-yil yozilgandi. Hayron bo‘ldim va ustozim tarix fanlari nomzodi Komiljon Xudoyberganovga murojaat qildim. So‘ng dastxatni rasmga olib tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Hilola Nazirovaga ko‘rsatdim. Tekshiruvlardan bu Ogahiy dastxati ekanligi ma’lum bo‘ldi”, - dedi Bobojonov.
Ogahiy dastxatini aniqlash usullaridan biri dastxat nusxalarining kolofonlarida kotib ismi ko‘rsatilmaydi. Qo‘lozma yozuvi nufuzli tadqiqotchilar tomonidan Ogahiy dastxati sifatida baholangan va u shoirning boshqa qo‘lozmalardagi yozuv uslubi bilan bir xildir. Ogahiyning dastxati uni osonlik bilan tanib olish mumkin bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlariga ega.
© Suratlar Xorazm Ma’mun akademiyasi katta ilmiy xodimi Dilmurod Bobojonov tomonidan taqdim etilgan
Ogahiy asl dastxati bilan tarjimasi yozilgan Sa’diy Sheroziyning “Guliston” asari  - Sputnik O‘zbekiston
1/4

2/4

3/4

4/4
1/4
2/4
3/4
4/4
Qo‘lozma 200 sahifadan iborat bo‘lib, uning qoralama varianti ham bor. Chunki varoqlarda o‘chirish, to‘ldirish va tuzatishlar borligi ko‘ringan. Ushbu kitoblarning asrlab saqlanishining siri ular Markaziy Osiyodagi eng sifatli va qimmatli bo‘lgan Samarqand qog‘ozidan tayyorlangan.
“Qo‘lozmalar orasida 100-yillardan beri izlanayotgan Hofiz devoni (forsiy tosh bosma), “Chor kitob (tojik tilida)”, fiqh kitobi, Hafti shuaro (Xiva tosh bosmasi), diniy kitob (hijriy 1340-yilga oid) kabilar topildi va ular olimlar tomonidan o‘rganilmoqda. Mazkur qo‘lozmalarni topilgani ilmiy-madaniy hayotimizdagi katta yangilik bo‘ldi”, - dedi Xorazm Ma’mun akademiyasi katta ilmiy xodimi.
Yangiliklar lentasi
0