https://oz.sputniknews.uz/20221011/tailandda-ozbekistonliklar-uchun-vizasiz-qolish-muddati-uzaytirildi-29017096.html
Tailandda o‘zbekistonliklar uchun vizasiz qolish muddati uzaytirildi
Tailandda o‘zbekistonliklar uchun vizasiz qolish muddati uzaytirildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston fuqarolarining Tailandda vaqtincha bo‘lish muddati 15 kundan 30 kungacha uzaytirildi. 11.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-11T12:18+0500
2022-10-11T12:18+0500
2022-10-11T12:18+0500
jamiyat
viza
tailand
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/1b/21549488_0:104:2001:1229_1920x0_80_0_0_66a6ea7ac09ad06ba14494bcfbc2a22f.jpg
TOShKENT, 11 okt - Sputnik. O‘zbekiston fuqarolarining Tailandda vaqtincha bo‘lish muddati 30 kungacha uzaytirildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.O‘zbekiston Bosh konsulxonasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, barcha toifadagi fuqarolar uchun emlash sertifikati yoki PCR-testini taqdim etish talabi bekor qilingan.O‘zbekiston fuqarolariga vizalar “Visa on Arrival” yozuvi mavjud bo‘lgan maxsus o‘tish yo‘laklarida beriladi.Ushbu turdagi vizalarni olish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:· pasport (Tailanddan ketish rejalashtirilgan kundan boshlab kamida 6 oy amal qilish muddati bilan);· 4×6 sm hajmdagi 1 dona fotosurat, oq fonda (viza berilishidan kamida 6 oy oldin olingan bo‘lishi lozim, aeroport hududida ham 10 AQSh dollarga rasmga tushish imkoniyati mavjud);· qaytish aviachiptasining nusxasi;· bir kishi uchun 2000 bat (taxminan 55 AQSh dollari) viza to‘lovi, to‘lov Tailand batida amalga oshiriladi.Bundan tashqari, immigratsiya nazoratidan o‘tayotganda fuqarolardan mehmonxonani band qilganligi to‘g‘risida hujjat yoki har bir kishi uchun 20 ming Tailand bati (taxminan 550 dollar) miqdorida mablag‘ mavjudligini tasdiqlash talab qilinishi mumkin.
tailand
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/1b/21549488_110:0:1889:1334_1920x0_80_0_0_0a9132bb7c50c5565cb8c6e378c1126f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, viza, tailand, o‘zbekiston
jamiyat, viza, tailand, o‘zbekiston
Tailandda o‘zbekistonliklar uchun vizasiz qolish muddati uzaytirildi
O‘zbekiston fuqarolarining Tailandda vaqtincha bo‘lish muddati 15 kundan 30 kungacha uzaytirildi.
TOShKENT, 11 okt - Sputnik. O‘zbekiston fuqarolarining Tailandda vaqtincha bo‘lish muddati 30 kungacha uzaytirildi. Bu haqda “Dunyo” AA
xabar berdi. Qayd etilishicha, Tailand Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2022-yil 1-oktabrdan 2023-yil 31-martgacha bo‘lgan davrda mamlakatga kelgach viza oluvchi O‘zbekiston fuqarolarining ushbu mamlakatda vaqtincha bo‘lish muddati 15 kundan 30 kungacha uzaytirilgan.
O‘zbekiston Bosh konsulxonasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, barcha toifadagi fuqarolar uchun emlash sertifikati yoki PCR-testini taqdim etish talabi bekor qilingan.
O‘zbekiston fuqarolariga vizalar “Visa on Arrival” yozuvi mavjud bo‘lgan maxsus o‘tish yo‘laklarida beriladi.
Ushbu turdagi vizalarni olish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
· pasport (Tailanddan ketish rejalashtirilgan kundan boshlab kamida 6 oy amal qilish muddati bilan);
· 4×6 sm hajmdagi 1 dona fotosurat, oq fonda (viza berilishidan kamida 6 oy oldin olingan bo‘lishi lozim, aeroport hududida ham 10 AQSh dollarga rasmga tushish imkoniyati mavjud);
· qaytish aviachiptasining nusxasi;
· bir kishi uchun 2000 bat (taxminan 55 AQSh dollari) viza to‘lovi, to‘lov Tailand batida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, immigratsiya nazoratidan o‘tayotganda fuqarolardan mehmonxonani band qilganligi to‘g‘risida hujjat yoki har bir kishi uchun 20 ming Tailand bati (taxminan 550 dollar) miqdorida mablag‘ mavjudligini tasdiqlash talab qilinishi mumkin.