Rossiya musulmon davlatlari bilan hamkorlik qilishi kerak - ekspert
16:12 11.10.2022 (yangilandi: 18:40 05.04.2023)
© Foto iz lichnogo arxiva Aleksandra RazuvayevaDirektor analiticheskogo departamenta "Alpari" Aleksandr Razuvayev
© Foto iz lichnogo arxiva Aleksandra Razuvayeva
Obuna bo‘lish
Rossiya uchun postsovet musulmon davlatlari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish juda muhim.
TOShKENT, 11 okt - Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni islomiy postulatlar asosida mustahkamlash barcha nuqtayi nazardan to‘g‘ri va ijobiydir, deb hisoblaydi Rossiya moliyaviy tahlilchilari gildiyasi Kuzatuv kengashi a’zosi, Moskva tatarlar shtabi a’zosi, turkshunos Aleksandr Razuvayev.
Islom mamlakatlarida 1,5 milliarddan ortiq musulmonlar istiqomat qiladi. Islom olami bilan hamkorlikni kuchaytirish Rossiyaga faqat ijobiy natijalar olib keladi deydi Razuvayev.
“Rossiyani qisman islom dunyosi mamlakati deb atash mumkin, chunki butun Volgabo‘yi va Tataristonda musulmon millatlari yashaydi. Tarafdorlari soni bo‘yicha Rossiyada islom dini pravoslav dinidan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Bundan tashqari, Tatariston Turkiya va Ozarbayjon bilan yaqin aloqalarga ega. Bularning barchasi Moskva va Toshkent o‘rtasidagi savdo, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish imkonini beradi”, - deydi mutaxassis.
Ekspert may oyida Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan “Rossiya – Islom olami: KazanSummit” xalqaro iqtisodiy sammitini eslatib o‘tadi: “Bu, birinchi navbatda, O‘zbekiston, Qozog‘iston va boshqa ishtirokchi davlatlar iqtisodiyoti uchun haqiqatan ham muhim voqea bo‘ldi. Bunda asosiy maqsad - islomiy moliyalash vositalari yordamida savdo aloqalarini yaratish bo‘ldi”.
O‘zbekistonda bu soha jadal rivojlanmoqda, deydi turkshunos, bu respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va sarmoyalarni jalb qilish fonida istiqbolli ko‘rinadi.
“O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi iqtisodiy qudrat markazidir”, — dedi Razuvayev. Shuningdek, Moskva va Toshkent o‘rtasidagi islomiy aloqalar Yevroosiyo makonini mustahkamlaydi".
“Qozon shahrida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon ehtiyojlarini qoplaydigan islomiy moliya biznes markazini ochish kerak. Aynan postsovet hududida "ishlash" juda muhim", - deydi mutaxassis.
Bularning barchasi Moskva va Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) a’zo davlatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni mustahkamlaydi, deb hisoblaydi Razuvayev.