Qrim ko‘prigi bir yarim oyda to‘liq tiklanadi - Aksonov

© Sputnik / Konstantin Mihalchevskiy / Mediabankka o‘tishDvijenie legkovix avtomobiley i avtobusov po Krimskomu mostu vozobnovleno s proxojdeniyem polnoy protseduri osmotra i osushestvlyayetsya so storoni Kerchi v storonu Tamani v reversivnom rejime
Dvijenie legkovix avtomobiley i avtobusov po Krimskomu mostu vozobnovleno s proxojdeniyem polnoy protseduri osmotra i osushestvlyayetsya so storoni Kerchi v storonu Tamani v reversivnom rejime - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2022
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 11 okt - Sputnik. Qrim ko‘prigidagi barcha ta’mirlash ishlari bir yarim oy ichida yakunlanadi. Bu haqda Qrim rahbari Sergey Aksonov ma’lum qildi, RIA Novosti xabariga asosan.
Aksenovning so‘zlariga ko‘ra, u biroz adashishi mumkin, lekin uning prognoziga ko‘ra barcha ta’mirlash ishlariga 1,5 oy vaqt ketadi.

“Meni prognozim bir necha kun plyus-minus bo‘lishi mumkin, lekin bir yarim oy ichida barcha ta’mirlash ishlari yakunlanishi kerak. Hozircha ana shunday umidlar bor. Ko‘prik strukturasi xavfsizligi borasida tadqiqotlar o‘tkazildi. Yo‘limiz aniq, umid qilamizki, bizga hech narsa xalaqit bermaydi va hamma ishlar imkon qadar tezroq amalga oshiriladi”, - dedi Qrim respublikasi rahbari.

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustinning o‘rinbosari Marat Xusnullin bilan suhbatidan ma’lum bo‘lishicha, Qrim ko‘prigi ustunlariga yetkazilgan zarar bir hafta ichida tuzatiladi.
Eslatib o‘tamiz, 8-oktabr kuni Qrim ko‘prigi ustida yuk mashinasi portlatib yuborildi. Portlash oqibatida ko‘prikning avtomobillar yo‘llaridan biri shikastlandi, parallel yo‘nalishda temir yo‘lda ketayotgan poyezd sisternalari ham zarar ko‘rdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin bilan uchrashuv chog‘ida ushbu favqulodda holatni terakt deb atadi va uni tashkillashtirishda Ukraina maxsus xizmatlarini aybladi. Shundan so‘ng, 10-oktabr kuni Ukrainaning bir necha shaharlarida infratuzilma obyektlariga yuqori aniqlikdagi raketa zarbalari berildi. Harbiy mutaxassislar buni "ogohlantirish" zarbasi deb atashdi.
Yangiliklar lentasi
0