Putin Qozog‘istonda Erdog‘an bilan uchrashadi

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel peregovori s prezidentom Tursii R. Erdoganom v Sochi
Prezident RF V. Putin provel peregovori s prezidentom Tursii R. Erdoganom v Sochi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2022
Obuna bo‘lish
Peskovning aytishicha, Vladimir Putin payshanba kuni Ostonada Erdog‘an bilan muzokara o‘tkazadi.
TOShKENT, 11 okt - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 13-oktabr kuni Qozog‘istonda Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdog‘on bilan uchrashadi. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, prezidentlar Ukraina masalasi va ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qiladi.
“Ha, aniq! Haqiqatan ham uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, lekin ertaga emas, ertadan keyin. Albatta, mavzu aniq – Ukraina ham, juda ko‘p qirrali ikki tomonlama munosabatlar ham va umuman, dolzarb masalalar bo‘yicha fikr almashish”, - dedi Peskov.
Ma’lumot uchun, 14-oktabr kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida oliy darajadagi “Markaziy Osiyo – Rossiya” sammiti va MDH davlatlari rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv Rossiya va Markaziy Osiyoning barcha beshta davlati o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30-yilligi munosabati bilan o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Rossiya va Turkiya rahbarlari telefon orqali muloqot qilgan edi. Ular suhbat chog‘ida Rossiya-Turkiya munosabatlarini rivojlantirish masalalari, shuningdek, Ukrainadagi vaziyatni ko‘rib chiqqandi.
Yangiliklar lentasi
0