Marg‘ilonda an’anaviy "Atlas bayrami" festivali bo‘lib o‘tadi

© Respublika hunarmand uyushmasi Hunarmand
Hunarmand - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2022
Obuna bo‘lish
Festivalda Marg‘ilonga Butunjahon hunarmandlar kengashi qarori bilan Hunarmandlar shahri maqomi berilishi kutilmoqda.
TOShKENT, 11 okt - Sputnik. 20-22 oktabr kunlari Farg‘onaning Marg‘ilon shahrida Xalqaro “Atlas bayrami” V an’anaviy to‘qimachilik festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Hunarmand” uyushmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, festivalda Marg‘ilonga Butunjahon hunarmandlar kengashi qarori bilan Hunarmandlar shahri maqomi berilishi kutilmoqda.
Tadbirda Rossiya, Xitoy, Ispaniya, Fransiya, Mo‘g‘uliston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va boshqa mamlakatlarning ustalari, rassomlari, soha mutaxassislari ishtirok etadi.
Mazkur festival Farg‘ona viloyati hokimligi, YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, “Hunarmand” uyushmasi, Marg‘ilon shahar hokimligi tomonidan boshqa xalqaro hamkorlar bilan birgalikda tashkil etilmoqda.
Ta’kidlanishicha, joriy yilda festival dasturi sezilarli ravishda kengaytirilgan. Unda butun O‘zbekistondan ishtirok etadigan hunarmandlar o‘z mahoratini namoyish etadi. Yosh hunarmandlar uchun taniqli ustalar ishtirokida an’anaviy kashtado‘zlik, tabiiy bo‘yash, liboslar dizayni bo‘yicha mahorat saboqlari tashkil qilinadi.
Uzbekskie platya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2022
Yorqin, nafis va serjilo: “Xon atlas 2022” festivali – foto
Yangiliklar lentasi
0