Lavrov Putin va Baydenning ehtimoliy uchrashuvi haqidagi savolga javob berdi

© Sputnik / Zafar XalilovMinistr inostrannix del Rossii Sergey lavrov vistupayet posle zasedaniya Soveta ministrov inostrannix del gosudarstv-chlenov ShOS v g.Tashkente.
Ministr inostrannix del Rossii Sergey lavrov vistupayet posle zasedaniya Soveta ministrov inostrannix del gosudarstv-chlenov ShOS v g.Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya tashqi ishlar vazirining aytishicha, agar taklif bo‘lsa, Moskva Putin va Bayden o‘rtasida uchrashuv o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqadi.
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Rossiya G20 sammiti arafasida AQSh bilan muzokaralardan bosh tortmaydi, agar taklif tushsa, Moskva buni ko‘rib chiqadi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
“Biz ko‘p marta aytamizki, biz hech qachon uchrashuvlarni rad etmaymiz, agar taklif tushsa, ko‘rib chiqamiz”, - dedi Lavrov “Rossiya 1” telekanalining dasturida AQSh prezidenti Jo Bayden va Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning G20 sammitidagi ehtimoliy uchrashuvi haqidagi savolga javob berar ekan.
G20 sammiti 15-16 noyabr kunlari Indoneziyaning Bali orolida bo‘lib o‘tadi.
Avgust oyi o‘rtalarida Indoneziya prezidenti Joko Vidodo “Bloomberg” agentligiga bergan intervyusida Putin va Xitoy rahbari Si Szinpin G20 sammitiga kelishlarini aytgan edi.
Sentabr oyi boshida Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putinning sammitdagi ishtiroki formati bo‘yicha qaror “barcha omillar, jumladan, xavfsizlik omili”ni hisobga olgan holda qabul qilinishini bildirgan.
Ma’lumot uchun, 2021-yil 16-iyun kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida Rossiya-AQSh sammiti bo‘lib o‘tgan edi. Hashamatli La Granj qasrida ikki davlat rahbari Vladimir Putin va Jo Bayden 3 soatdan ortiq muzokara olib borgandi.
Ular strategik barqarorlik, kiberxavfsizlik, inson huquqlari, Rossiya muxolifati rahbari Aleksey Navalniy ishi, Ukraina, Belorusiya va Afg‘onistondagi vaziyat, savdo aloqalari va boshqalarni muhokama qilgandi.
Yangiliklar lentasi
0