Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukrainadagi mojaroni anglosakslar boshqarmoqda – Lavrov

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del RF Sergey Lavrov
Ministr inostrannix del RF Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya tashqi ishlar vaziri Moskva va Kiyev muzokaralari AQSh va Londonning bevosita buyrug‘i bilan to‘xtatilganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi Istanbuldagi muzokara jarayoni AQSh va London tomonidan to‘xtatildi, Ukrainadagi mojaroni Zelenskiy rejimini nazorat qiluvchi anglosakslar boshqarmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ta’kidladi.

“Biz Ukraina delegatsiyasi bilan muzokaralar stoliga o‘tirdik. Mart oyining oxirigacha vaziyatni o‘sha holatda ukrainaliklar taklif qilgan tamoyillar asosida hal qilish bo‘yicha yondashuv kelishib olindi va ular bizga mos keldi. Bu muzokaralar AQSh va Londonning bevosita buyrug‘i bilan to‘xtatildi. Umuman olganda, bu mojaroni Zelenskiy rejimini to‘liq nazorat qilayotgan anglosakslar boshqarmoqda, ularga polyaklar va Boltiqbo‘yi qo‘shilishga harakat qilmoqda”, - dedi Lavrov.

Rossiya-Ukraina maslahatlashuvlari fevral oyi oxirida boshlandi: delegatsiyalar Belarusda ikkita yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazdi, shundan so‘ng ularni har kuni videokonferensaloqa orqali davom ettirishga qaror qilindi. Mart oyi oxirida delegatsiyalar Istanbulda navbatdagi muzokaralarni o‘tkazdi. Natijada, muzokaralardagi Rossiya delegatsiyasi rahbari, Rossiya prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiy Ukraina bo‘lajak shartnoma bo‘yicha yozma takliflarini kiritganini, Moskva buni olg‘a qadam deb hisoblayotganini aytdi.
Rossiya tomoni bunga javoban Ukraina tomon ikki qadam tashladi. Birinchidan, Kiyev va Chernigov yo‘nalishlarida harbiy harakatlarni sezilarli darajada kamaytirishga qaror qilindi. Ikkinchidan, Moskva prezident Vladimir Putinning Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvi tashqi ishlar vazirlari tomonidan shartnomaning paraflanishi bilan bir vaqtda bo‘lib o‘tishini taklif qildi.
Biroq keyinroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina muzokaralar jarayonini sekinlashtirish maqsadida o‘z takliflaridan voz kechib, ko‘plab provokatsiyalar yaratayotganini aytdi.
Yangiliklar lentasi
0