https://oz.sputniknews.uz/20221011/hech-bir-fuqaro-ozining-muammolari-bilan-yolgiz-qolmasligi-kerak--prezident-29038528.html
Hech bir fuqaro o‘zining muammolari bilan yolg‘iz qolmasligi kerak – prezident
Hech bir fuqaro o‘zining muammolari bilan yolg‘iz qolmasligi kerak – prezident
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev aholi kayfiyati davlat islohotlari va siyosatining ko‘zgusi ekanini ta’kidladi. 11.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-11T18:59+0500
2022-10-11T18:59+0500
2022-10-11T18:59+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/0b/29038645_0:0:1281:721_1920x0_80_0_0_eaa6edc7e93a613cf6928efe27abe196.jpg
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Hech bir fuqaro o‘zining muammolari bilan yolg‘iz qolmasligi kerak. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev mahallalarda tizimli muammolarni hal qilish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.Yig‘ilishda boshlangan islohotlar, amalga oshirilayotgan loyihalarning barchasi inson qadrini ta’minlash orqali aholini rozi qilishga qaratilgani yana bir bor ta’kidlandi.Joriy yilgi dasturlar doirasida 4 100 ta mahallani obod qilish, bog‘cha, maktab, sog‘liqni saqlash, suv, elektr, kanalizatsiya bilan bog‘liq muammolarini hal qilishga budjetdan qariyb 29 trillion so‘m mablag‘ ajratilgani ko‘rsatib o‘tildi.Buning natijasida 434 ta mahallada ichki yo‘llar ta’mirlandi, 672 ta mahallaga ichimlik suvi tarmog‘i tortilgani hisobiga, 1,5 million aholi ilk bora toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.Joriy yilda 2 mingdan ortiq mahallaga xizmat qiladigan 34 ta yangi maktab ishga tushirildi, 338 tasi rekonstruksiya qilinib, 360 tasi ta’mirlandi. Bularning hisobiga 78 mingta yangi o‘quvchi o‘rinlari yaratildi.Joylarda 580 ta transformator, 20 ming kilometr tarmoqlar yangilanib, 413 ta mahalladagi 1,5 million nafar aholining elektr ta’minoti yaxshilandi.“Aholini rozi qilish bo‘yicha hali oldimizda ko‘plab vazifalar turibdi” – prezident.Davlat rahbarining topshirig‘iga muvofiq hududlarga ishchi guruhlar yuborilib, ular 9 370 ta mahallaning har biriga kirib, aholining kayfiyatini o‘rganib, uni qiynayotgan muammolar ro‘yxatini shakllantirdi.Aholi tomonidan yo‘l, ichimlik suvi, sug‘orish tizimi, elektr, ta’lim va tibbiyot bilan bog‘liq 12 mingta masala va taklif ko‘tarilgan.“Barcha hokim va vazirlar eshitib olsin. Prezident siyosati va talabi shunday: hech bir fuqaro o‘zining muammolari bilan yolg‘iz qolmasligi kerak. Aholi kayfiyati – islohotlarimiz va siyosatimizning ko‘zgusi. Katta-kichik bo‘ladimi, aholimiz ko‘targan har bir muammoga o‘z vaqtida munosabat bildirish, ularni bosqichma-bosqich hal qilish barcha darajadagi rahbarlarning eng ustuvor vazifasi bo‘lishi shart va zarur”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/0b/29038645_53:0:1190:853_1920x0_80_0_0_866e1883cc5dbe27e71acfd97aca1b52.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev
siyosat, shavkat mirziyoyev
Hech bir fuqaro o‘zining muammolari bilan yolg‘iz qolmasligi kerak – prezident
Shavkat Mirziyoyev aholi kayfiyati davlat islohotlari va siyosatining ko‘zgusi ekanini ta’kidladi.
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Hech bir fuqaro o‘zining muammolari bilan yolg‘iz qolmasligi kerak. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev mahallalarda tizimli muammolarni hal qilish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida
ma’lum qildi. Yig‘ilishda boshlangan islohotlar, amalga oshirilayotgan loyihalarning barchasi inson qadrini ta’minlash orqali aholini rozi qilishga qaratilgani yana bir bor ta’kidlandi.
Joriy yilgi dasturlar doirasida 4 100 ta mahallani obod qilish, bog‘cha, maktab, sog‘liqni saqlash, suv, elektr, kanalizatsiya bilan bog‘liq muammolarini hal qilishga budjetdan qariyb 29 trillion so‘m mablag‘ ajratilgani ko‘rsatib o‘tildi.
Buning natijasida 434 ta mahallada ichki yo‘llar ta’mirlandi, 672 ta mahallaga ichimlik suvi tarmog‘i tortilgani hisobiga, 1,5 million aholi ilk bora toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.
Joriy yilda 2 mingdan ortiq mahallaga xizmat qiladigan 34 ta yangi maktab ishga tushirildi, 338 tasi rekonstruksiya qilinib, 360 tasi ta’mirlandi. Bularning hisobiga 78 mingta yangi o‘quvchi o‘rinlari yaratildi.
Joylarda 580 ta transformator, 20 ming kilometr tarmoqlar yangilanib, 413 ta mahalladagi 1,5 million nafar aholining elektr ta’minoti yaxshilandi.
“Aholini rozi qilish bo‘yicha hali oldimizda ko‘plab vazifalar turibdi” – prezident.
Davlat rahbarining topshirig‘iga muvofiq hududlarga ishchi guruhlar yuborilib, ular 9 370 ta mahallaning har biriga kirib, aholining kayfiyatini o‘rganib, uni qiynayotgan muammolar ro‘yxatini shakllantirdi.
Aholi tomonidan yo‘l, ichimlik suvi, sug‘orish tizimi, elektr, ta’lim va tibbiyot bilan bog‘liq 12 mingta masala va taklif ko‘tarilgan.
“Barcha hokim va vazirlar eshitib olsin. Prezident siyosati va talabi shunday: hech bir fuqaro o‘zining muammolari bilan yolg‘iz qolmasligi kerak. Aholi kayfiyati – islohotlarimiz va siyosatimizning ko‘zgusi. Katta-kichik bo‘ladimi, aholimiz ko‘targan har bir muammoga o‘z vaqtida munosabat bildirish, ularni bosqichma-bosqich hal qilish barcha darajadagi rahbarlarning eng ustuvor vazifasi bo‘lishi shart va zarur”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.