Bayden neft tuzog‘iga ilindi

© AP Photo / Patrick SemanskyPrezident Djo Bayden 31-marta 2022 goda v Vashingtone.
Prezident Djo Bayden  31-marta 2022 goda v Vashingtone. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2022
Obuna bo‘lish
Xomashyo qazib olish hajmining kamaytirilishi Vashington uchun jiddiy zarba bo‘ldi. AQShda uch haftadan so‘ng kongress uchun muhim oraliq saylovlar bo‘lib o‘tadi.
Va bunda kuchlar bo‘linishi boshqacha bo‘ladi: yaqindagina ijtimoiy so‘rovnomalarda ochkolar yutgan prezident yana malomatlarga qoladi. Endi Oq uy neft bozorida qanday yo‘l tutishi mumkin? - RIA Novosti materialida.

Saudiyaliklar rad etishdi

AQSh milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Djeyk Sallivan va Amerika Milliy iqtisodiy kengashi rahbari Brayan Diz prezident Djo Bayden OPEK+ qaroridan umidsizlikka tushganini ma’lum qilishdi. Prezidentning o‘zi bu haqida gapirishdan qochib yurgan, biroq qandaydir bayonot berishga baribir majbur bo‘ldi. Va bu yana prezident tomonidan “qovun tushirilishi”ga sabab bo‘ldi. Muxbirning savoliga javob berar ekan, Bayden “umidsizlikka tushganini” tasdiqlagan. Undan keyin juftakni rostlagan. Albatta, sarosimaga berilish uchun AQSh prezidentiga sabablar yetarlicha
Oq uydagi bir nechta manbalarga ko‘ra, Bayden ma’muriyati yozda va kuz boshida keng qamrovli lobbistik kampaniyani olib borgan. Maqsad an’anaviy yaqinsharqlik ittifoqdoshlarni neft qazib olishni keskin kamaytirish qaroridan qaytarish bo‘lgan. Amerikalik iqtisodchilarning ta’kidlashlaricha, bu ish qisman foyda bergan: insayder ma’lumotlari bilan tanish bo‘lgan ta’minotchilarning optimizmi fonida AQShda benzin narxi deyarli yuz kun davomida past bo‘lgan.
Ammo OPEK+ qaroridan so‘ng barcha harakatlar chippakka chiqdi. Iqtisodiy tahlilchilar yoqilg‘i uchun narxlar oshishini, siyosatshunoslar esa Bayden va Demokratlar partiyasining muvaffaqiyatsizlikka uchrashlarini bashorat qilishmoqda.
CNN telekanali ta’kidlashicha, neft hajmi qisqarishi “eshaklar” (demokratlar) uchun eng yomon vaziyatda-oraliq saylovlarga bir oy qolganda ro‘y berdi. Respublikachi OAV va tahlilchilar OPEK+ kelishuvidan Baydenni tanqid qilishda foydalanishdi. Masalan, “fillar”ga (respublikachilar) sodiq bo‘lgan Fox News telekanali sharhlovchisi Janin Pirro: “AQSh prezidenti hozir tuppa-tuzuk ovsardek” degan. Bunday deyilishiga sabab shuki, yozda Ar-Riyod Amerika rahbarining kelishuvlariga keskin rad javobini bergan, Saudiyaliklar Rossiya bilan muloqot qilishga qaror qilgan.
Respublikachi-senator Stiven Skelis mamlakatdagi inqirozda Baydenni ayblagan. Konservativ siyosiy sharhlovchi Djessi Uoters esa noyabrda “fillar”ning g‘alabasi naqd ekani, chunki demokratlar ham tashqi, ham ichki masalalarda muvaffaqiyatsizlikka uchraganini aytgan.
Bo‘lib o‘tayotgan voqealar kongressmenlar kreslosiga ko‘z tikkan demokratlarni ham sarosimaga solgan. Yoz fasli oxirida ular sog‘liqni saqlash tizimidagi keng qamrovli islohotlar tufayli katta-katta ochko to‘plagan prezidentga qaytishayotgan, uni mitinglarga “qo‘zir” sifatida taklif qilishayotgan edi. Ayni paytda Baydenning reytingi yana pastlab bormoqda. “Eshaklar” esa: “prezident nafaqat Yaqin Sharqdagi-Saudiya Arabistonidek ittifoqdoshini yo‘qotdi, balki uning ochiqchasiga Rossiya tomoniga o‘tishiga qo‘yib berdi” deyishmoqda.

Maqsadga yetishish yo‘lidagi to‘siqlar

The New York Times nashri manbalariga tayanib ta’kidlamoqda : Oq uy butun yoz davomida qazib olishni kamaytirish emas, ko‘paytirish uchun Saudiya Arabistoniga ta’sir o‘tkazishga haraqat qildi. Biroq amaliy jihatdan bu mumkin emas. Chunki Ar-Riyodning Vashingtonga uchta muhim iddaolari bor. Va bu muammolarni hal qilishga Oq uy shoshilmayapti.
Birinchidan, Saudiya Arabistoni Qirolligi amerikaliklarning Saudiya shahzodasi Muhammad bin Salmon jurnalist Jamol Qoshiqchining shafqatsizlarcha o‘ldirilishiga aloqadorligi haqidagi bayonotlaridan juda norozi.
Ikkinchidan, Ar-Riyod AQShning Yamandagi husiylarni qo‘llab-quvvatlashini yoqtirmaydi. Husiylar hozir qirollik uchun juda jiddiy zarar tug‘dirmasada, biroq tarixda ular Saudiya Arabistoniga, jumladan, muhim neft infratuzilmasiga jiddiy zarbalar berishgan.
Va nihoyat, Eron omilini hech kim unutmagan. Bayden prezidentlik muddatining boshidanoq Tehron bilan “yadroviy kelishuv” deb ataladigan Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasini qayta tiklash tarafdori edi. Agar kelishuvga erishilsa, Eron sanksiyalardan chiqqanidan so‘ng katta hajmdagi neftni chiqarishi mumkin bo‘ladi. Bozorning boshqa o‘yinchilariga albatta bu kerak emas. Tahlilchilarning ta’kidlashicha Saudiya Arabistoni faqatgina xomashyo narxi tufayli neft qazib olish hajmini qisqartishdan manfaatdor emas. Ar-Riyod Eron qachon bozorga chiqishidan qat’iy nazar omborlarda neft saqlab qo‘ymoqchi. Raqobatli kurashda zaxiralar uchun.
Barchaga ma’lum bo‘lmagan sabablar ham bor. Masalan, AQSh kirollikka koronavirus pandemiyasi avj olgan pallada yetarli miqdorda vaksina yetkazib bermagan. Ar-Riyod buni ommaga oshkor etib muammo sifatida ko‘rsatmadi, ammo anonim manbalardan norozilik haqida bayonotlar kelib turgan. Bayden Saudiya Arabistoniga katta miqdorda qurol yetkazishni ham va’da bergan edi. Biroq ushbu va’dasining ham ustidan chiqmagan, balki Ukraina va NATO bo‘yicha yevropalik ittifoqdoshlarga harbiy yordam berishga asosiy e’tibor qaratishni afzal ko‘rgan.

Inqirozdan chiqish yo‘llari

Xuston universiteti Iqtisodiyot bo‘limining energetika bo‘yicha eksperti Ed Xirsning fikricha, OPEK+ qarorining ta’siri hozir tasavvur qilingandek jiddiy bo‘lmasligi mumkin. Kartelning bir necha ishlab chiqaruvchilari allaqachon o‘z kvotalaridan kamroq ishlab chiqarishmoqda, deb eslatmoqda u. Shuning uchun ishlab chiqarish aslida e’lon qilinganidek ikki millionga emas, balki kuniga 900 000 barrelga kamayishi mumkin.
AQSh Venesuela bilan muzokaralar orqali ham OPEK+ kelishuvining salbiy ta’sirini bartaraf etilishi mumkin. Sanksiyalarni yumshatish evaziga Venesuela amerikaliklarga neft yetkazib berishning bir qismi uchun kompensatsiya to‘laydi, deb taxmin qilinmoqda.
Saudiyaning Rossiyaga burilishi AQShning Eron bilan hamkorlikni faollashtirishiga olib keladi. “Iliqlik” ning dastlabki belgilari allaqachon bor. Reuters, xabariga ko‘ra, Eron aktivlarini muzlatish bo‘yicha parda ortidagi muzokaralar boshlangan. Agar bundan keyin Islom Respublikasidan eksport cheklovlari bekor qilinsa, u har kuni jahon bozoriga kamida bir million barrel neft yetkazib bera oladi.
Uchinchi variant - AQShning strategik zaxiralaridan neft chiqarish. Ammo muammo shundaki, bu oxirgi chora allaqachon qo‘llanilgan. Sentabr oyi holatiga ko‘ra, AQShning strategik zaxiralari 434 million barrelga kamaygan. Bu 1984-yil oktabridan buyon eng past ko‘rsatkich.
OPEK+ kelishuvidan oldin ham demokrat kongressmenlar Baydenni zaxira ta’minotini davom ettirishga chaqirishgan, respublikachilar bundan darhol foydalanib, raqiblarini uzoqni ko‘ra olmaslikda va milliy boylikni “sovurishda” ayblagan. AQSh ma’muriyati hatto ortga chekinishga majbur bo‘ldi. “Biz strategik neft zaxirasidan prezident e’lon qilgan 180 million barreldan ortiq yana neft olish imkoniyatini ko‘rib chiqmayapmiz”, dedi Oq uy matbuot kotibi Karine Jan-Pyer oktabr oyi boshida.

Siyosiy ilojsizlik

Shubhasiz, Demokratik partiya va Baydenning asosiy muammolari siyosiy vaziyatda, iqtisodiyotda emas.
Agar barcha holatlar prezident foydasi uchun eng yaxshi tarzda birlashsa ham - Venesuela, Eron bilan kelishish, yana strategik zaxirani jalb qilish - ta’siri darhol sezilmaydi. Noyabr bayramlariga qadar narxlar hali oshadi, bu respublikachilar Bayden va uning partiyadoshlariga hujum qilishda davom etishini anglatadi. Va bundan ochko to‘plagan holda, ular Senatni nazorat ostilariga olishlari mumkin.
Voqealarning bunday tus olishida “fillar” Baydenni barcha iqtisodiy muvaffaqiyatsizliklarda ayblab uning tashabbuslarini istalgan vaqtda inkor etishi yoki sekinlashtirishi mumkin bo‘ladi. Va bu, o‘z navbatida, Baydenni yaqinda jiddiy ariza bergan ikkinchi muddatga saylanish istiqbollaridan mahrum qiladi.
Yangiliklar lentasi
0