https://oz.sputniknews.uz/20221010/volodin-28990265.html
Volodin mamlakatdan ketayotgan rossiyaliklar haqida fikr bildirdi
Volodin mamlakatdan ketayotgan rossiyaliklar haqida fikr bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Davlat dumasi spikerining ta’kidlashicha, ketganlar, albatta, qaytib keladi va qilgan xatosini tushunib yetadi, lekin unda juda kech bo‘lgan bo‘ladi. 10.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-10T13:59+0500
2022-10-10T13:59+0500
2022-10-10T13:59+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
vacheslav volodin
donesk xalq respublikasi (dxr)
lugansk xalq respublikasi (lxr)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/02/24952736_0:0:3011:1694_1920x0_80_0_0_e131ebb6d38a8152fb7db50b5068601d.jpg
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Bugun Rossiyani tark etib ketayotganlarning qilmishi Vatanga xiyonatdir. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi spikeri Vacheslav Volodin o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.Duma spikerining so‘zlariga ko‘ra, kelajakda ko‘pchilik bundan afsuslanadi. Rossiyaga qaytib kelganda qilgan xatosini albatta tushunib yetadi, lekin unda juda kech bo‘lgan bo‘ladi.“Yurtimizga kelib, Rossiya bilan qo‘shilgan, uni o‘z vatanim deb bilganlarga ko‘proq e’tibor qaratish to‘g‘ri. Ular haqida gapirish katta sharaf”, - dedi u.Volodin Donesk va Lugansk Xalq Respublikalari, Zaporojye va Xerson viloyatlarining sakkiz milliondan ortiq aholisi Rossiya Federatsiyasi fuqaroligiga aylanganini ham esladi.23-27 sentabr kunlari Ukrainaning ozod qilingan hududlarining Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishi bo‘yicha referendumlar bo‘lib o‘tdi. Referendum natijalariga ko‘ra DXRda - 99,23%, LXRda - 98,42 %, Xerson viloyatida - 87,05 % va Zaporojye viloyatida - 93,11% aholi Rossiyaga qo‘shilishni yoqlab ovoz bergan.30 sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va DXR, LXR, Xerson va Zaporojye rahbarlari Rossiya tarkibiga yangi hududlarni qabul qilish to‘g‘risidagi shartnomalarni imzolashdi.3 oktabr kuni Rossiya Davlat dumasi, 4-oktabr kuni esa Rossiya Federal Majlisi Federatsiya kengashi bu shartnomalarni ratifikatsiya qildi.5 oktabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donesk va Lugansk xalq respublikalari, Zaporojye va Xerson viloyatlarini Rossiya tarkibiga qabul qilish to‘g‘risidagi shartnomalarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi tegishli qonunlarni imzoladi.
lugansk xalq respublikasi (lxr)
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/02/24952736_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_9013879cf5ca4f7fc964ce8983722b39.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vacheslav volodin , donesk xalq respublikasi (dxr), lugansk xalq respublikasi (lxr)
vacheslav volodin , donesk xalq respublikasi (dxr), lugansk xalq respublikasi (lxr)
Volodin mamlakatdan ketayotgan rossiyaliklar haqida fikr bildirdi
Rossiya Davlat dumasi spikerining ta’kidlashicha, ketganlar, albatta, qaytib keladi va qilgan xatosini tushunib yetadi, lekin unda juda kech bo‘lgan bo‘ladi.
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Bugun Rossiyani tark etib ketayotganlarning qilmishi Vatanga xiyonatdir. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi spikeri Vacheslav Volodin o‘zining
Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
“Bugun ko‘pchilik qancha odam mamlakatni tark etganini muhokama qilmoqda. Qozog‘iston, Gruziya, Mo‘g‘uliston va boshqa davlatlarga. Ular tashlab ketgan vatanlarida hamon ota-onalari, bobo-buvilari, qarindoshlari bor. Ularning qilmishi vatanga xiyonatdir”, - deydi Volodin.
Duma spikerining so‘zlariga ko‘ra, kelajakda ko‘pchilik bundan afsuslanadi. Rossiyaga qaytib kelganda qilgan xatosini albatta tushunib yetadi, lekin unda juda kech bo‘lgan bo‘ladi.
“Yurtimizga kelib, Rossiya bilan qo‘shilgan, uni o‘z vatanim deb bilganlarga ko‘proq e’tibor qaratish to‘g‘ri. Ular haqida gapirish katta sharaf”, - dedi u.
Volodin Donesk va Lugansk Xalq Respublikalari, Zaporojye va Xerson viloyatlarining sakkiz milliondan ortiq aholisi Rossiya Federatsiyasi fuqaroligiga aylanganini ham esladi.
“Sakkiz yil davomida ular o‘qqa tutildi, rus tilida gapirish istagi, ona tarixiga munosabati, e’tiqodi uchun Kiyev rejimi tomonidan ta’qib qilindi. Sinovlardan o‘tib, ular o‘z tanlovini qilishdi. Bu odamlar haqida gapirish, yordam berish, yashash uchun sharoit yaratish kerak. Ular mamlakat uchun qiyin damlarda qochib ketmaydi, xiyonat qilmaydi, balki Rossiya bilan birga bo‘ladi”, - deydi Davlat dumasi spikeri.
23-27 sentabr kunlari Ukrainaning ozod qilingan hududlarining Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishi bo‘yicha referendumlar bo‘lib o‘tdi. Referendum natijalariga ko‘ra DXRda - 99,23%, LXRda - 98,42 %, Xerson viloyatida - 87,05 % va Zaporojye viloyatida - 93,11% aholi Rossiyaga qo‘shilishni yoqlab
ovoz bergan.30 sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va DXR, LXR, Xerson va Zaporojye rahbarlari Rossiya tarkibiga yangi hududlarni qabul qilish to‘g‘risidagi shartnomalarni
imzolashdi.3 oktabr kuni
Rossiya Davlat dumasi, 4-oktabr kuni esa Rossiya Federal Majlisi Federatsiya kengashi bu shartnomalarni ratifikatsiya qildi.
5 oktabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donesk va Lugansk xalq respublikalari, Zaporojye va Xerson viloyatlarini Rossiya tarkibiga qabul qilish to‘g‘risidagi shartnomalarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi tegishli
qonunlarni imzoladi.