Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya 30-yildan beri muloqotga intilmoqda – Volodin

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishVacheslav Volodin
Vacheslav Volodin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.10.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Davlat dumasi spikeri Moskva 30-yildan beri muloqot olib borayotganini ta’kidladi.
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Rossiya har doim tinchlikka intiladi, 30-yil davomida u muloqotda bo‘ldi, ammo ozod qilingan hududlardagi referendumlar bilan bog‘liq vaziyatda boshqa yo‘l qolmagandi. Bu haqdaRossiya Davlat dumasi spikeri Vacheslav Volodin “Rossiya-1” telekanali dasturida ma’lum qildi.

“Biz doimo tinchlikka intilamiz, axir, qarang: nafaqat mana sakkiz yil, balki o‘ttiz yil davomida biz muloqotda bo‘ldik, ishontirdik, gapirdik... Umidsizlik sharoitida esa qarorlar qabul qilindi... o‘nlab yillar davom etdi, o‘tkazdik, shu yo‘lni bosib o‘tdik. Boshqa yo‘l yo‘q”, - dedi u jurnalist Pavel Zarubinning “shu sakkiz yilni kutish” zarurligi haqidagi savoliga javob berar ekan. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirdi.

23-27 sentabr kunlari Ukrainaning ozod qilingan hududlarining Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishi bo‘yicha referendumlar bo‘lib o‘tdi. Referendum natijalariga ko‘ra DXRda - 99,23%, LXRda - 98,42 %, Xerson viloyatida - 87,05 % va Zaporojye viloyatida - 93,11% aholi Rossiyaga qo‘shilishni yoqlab ovoz bergan.
30 sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va DXR, LXR, Xerson va Zaporojye rahbarlari Rossiya tarkibiga yangi hududlarni qabul qilish to‘g‘risidagi shartnomalarni imzolashdi.
3 oktabr kuni Rossiya Davlat dumasi, 4-oktabr kuni esa Rossiya Federal Majlisi Federatsiya kengashi bu shartnomalarni ratifikatsiya qildi.
5 oktabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donesk va Lugansk xalq respublikalari, Zaporojye va Xerson viloyatlarini Rossiya tarkibiga qabul qilish to‘g‘risidagi shartnomalarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi tegishli qonunlarni imzoladi.
Yangiliklar lentasi
0