Putin Ukraina teraktlariga Rossiyaning javobi qat’iy bo‘lishini ma’lum qildi

© Sputnik / Gavriil Grigorov / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel vstrechu s izbrannimi glavami subyektov RF
Prezident RF V. Putin provel vstrechu s izbrannimi glavami subyektov RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.10.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Kiyev rejimini uning teraktlariga nisbatan Rossiyaning javobi qat’iy bo‘lishidan ogohlantirdi.
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Agar Ukraina hukumati Rossiya hududida terakt uyushtirishga bo‘lgan urinishlarini davom ettirsa, Rossiyaning javobi qat’iy bo‘ladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
“Bizning hududlarimizda terakt uyushtirishga bo‘lgan urinishlar davom ettirilsa, Rossiya tomonidan javoblar qat’iy bo‘ladi va o‘z ko‘lami bilan Rossiya Federatsiyasiga tug‘dirilayotgan xavf darajasiga muvofiq bo‘ladi. Bu borada hech kimning shubhasi bo‘lmasligi lozim”, - dedi Putin mamlakat Xavfsizlik kengashi a’zolari bilan yig‘ilishda.
Yig‘ilishda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya prezidenti va Xavfsizlik kengashi a’zolarida Ukrainadagi harbiy, aloqa va energetika obyektlariga ertalab berilgan zarbalar natijalari haqida ma’lumot berdi.
Putin Ukraina hududidagi bunday obyektlarga ommaviy zarba Kiyev rejimining jinoyatlariga javob tariqasida berilganini ma’lum qildi.
Prezident RF V. Putin vstretilsya s glavoy Sledstvennogo komiteta RF A. Bastrikinim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2022
Qrim ko‘prigidagi terakt buyurtmachilari va ijrochilari Ukraina maxsus xizmati – Putin
Yangiliklar lentasi
0