Mirziyoyev Ostonadagi “Markaziy Osiyo – Rossiya” sammitida ishtirok etadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Samarkande pod predsedatelstvom Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva sostoyalos zasedanie glav gosudarstv Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva v uzkom sostave
V Samarkande pod predsedatelstvom Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva sostoyalos zasedanie glav gosudarstv Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva v uzkom sostave - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.10.2022
Obuna bo‘lish
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Shavkat Mirziyoyevning yangi haftadagi ish grafiki haqida ma’lumot berdi.
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Boshlangan haftada O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ish jadvalidan ham ichki, ham tashqi siyosiy masalalarda qator tadbir, uchrashuv va tashriflar o‘rin olgan. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov bugun bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.
Asadovga ko‘ra, 11-oktabr kuni Mirziyoyev mamlakatga tashrif bilan kelgan Tatarston rahbari Rustam Minnixanovni qabul qiladi. Unda hududlararo hamkorlikni yangi mazmun va aniq loyihalar bilan yanada rivojlantirish hamda amalga oshirilayotgan hamkorlikdagi qo‘shma dasturlarni yanada jadallashtirish masalalarining muhokamasi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, 12-14 oktabr kunlari O‘zbekiston yetakchisi Osiyoda hamkorlik va o‘zaro ishonch choralari bo‘yicha kengash yig‘ilishi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi hamda “Markaziy Osiyo – Rossiya” sammitida ishtirok etish uchun Qozog‘istonga tashrif buyuradi.

Tashrif kun tartibida xorijiy davlatlar, shu jumladan, Vyetnam vitse-prezidenti Vo Txi An Suan, Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif va bir qator xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari hafta davomida Shavkat Mirziyoyevning mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivojiga bag‘ishlanagan qator muhokamalarni o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0