Futbol: O‘zbekiston va Qozog‘iston Toshkentda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

© Sportni rivojlantirish vazirligiO‘zbekiston milliy terma jamoasi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.10.2022
Obuna bo‘lish
16 noyabr kuni Paxtakor" stadionida O‘zbekiston va Qozog‘iston jamoalari maydoga tushishadi.
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyida Toshkentda Qozog‘istonga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, noyabrda poytaxtda yig‘in o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu yig‘in doirasida Srechko Katanes shogirdlari Qozog‘iston terma jamoasiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi.
Uchrashuv 16-noyabr kuni soat 18:00 da "Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
“Mintaqamizdagi eng kuchli terma jamoalar bahsi, o‘ziga xos derbi futbol muxlislari tomonidan uzoq kutilgan va katta qiziqish uyg‘otadigan voqeaga aylanishi shubhasiz”, - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 23-sentabr kuni Kamerunga, 27-sentabr kuni esa Kosta-Rika qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan edi. Kamerunni 2:0 hisobida mag‘lub etib, Kosta-Rikaga esa 1:2 hisobida yutqazib qo‘ygandi.
Yangiliklar lentasi
0