Yevropa irqchilik va ruslarni yomon ko‘radi

© Sputnik / Aleksey VitviskiyFlagi s simvolikoy Yevrosoyuza u zdaniya Yevrokomissii v Brussele.
Flagi s simvolikoy Yevrosoyuza u zdaniya Yevrokomissii v Brussele. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.10.2022
Obuna bo‘lish
YeI ning sakkizinchi sanksiyalar paketidan endi bizga taqiqlashga hech nima qolmagani ma’lum bo‘lmoqda.

Dmitriy Bavirin

Qora ro‘yxatning Oleg- Gazmanovdan Yuliya Chicherina kabi xonandalar bilan to‘ldirilishi, “neftning chegaralangan narxi”, va undan ham balandroq “gaz narxlari”, plastik va sigareta yetkazib berilishiga taqiq - Rossiya hududining 100 ming kvadrat metrga kengayganiga javob shu bo‘ldi. Bunday yangiliklarga hatto e’tiborni sarf qilish shart emas.
Biroq, ushbu paketda chindan ham muhim so‘zlar bor. U muhim, mustahkam va ksenofobiyaga xos. Balki bu tarixiy qizil chiziqdan o‘tishdir, ya’ni bundan keyin muloqotlar boshqa harakatlarga – munosabatlarning butunlay buzilishiga, sud yoki tortishuvlarga aylanadi.
Bu chiziqning ortida, yaqindagina Yevroittifoqda oddiy odam bo‘lmaydi deb hisoblanganidek, faqat irqchilar, millatchilar, fashistlar turibdi.
Bunda gap rossiyaliklar uchun Yevropa kriptovalyuta platformalarida hamon ochishlariga taqiq o‘rnatilishi haqida ketmoqda. Ahamiyatlisi, bu har qanday narx va Rossiyaning barcha fuqarolariga tegishli, hatto ular Yevroittifoqda yashasalar ham, vataniga o‘nlab yillar kelmagan bo‘lsa ham yoki kriptovalyutani saxovat yo‘lida ishlatishsa ham - mumkin emas.
Bu aslida hech qanday istisnolarni nazarda tutmaydigan, milliy kelib chiqishga qarata o‘rnatilgan to‘siqlardir. Ruslarga qarshi kurashishda hammadan ilg‘or hatto, Polsha, Finlyandiya va Boltiqbo‘yi mamlakatlari shengen vizalari bo‘lgan rossiyaliklar uchun ham chegaralarini yopgan, ammo istisnolar keltirgan edi. Lekin endi barcha rossiyaliklar mutlaqo bir xil, hattoki boshqa mamlakatlarda yashasalarda, boshqa tilda gaplashsalar va e’tiqod qilsalarda.
Bu irqchilikning o‘zginasi. Aniqrog‘i, rusofobiya. Rossiya tarkibiga to‘rtta yangi hududni qabul qilish marosimidagi nutqida Vladimir Putin rusofobiya va irqchilikni bir-biriga tenglashtirgandi.
Bu inglizlar Shanxayda yaratgan jamoat xiyoboni eshiklariga osilgan “Itlar va xitoyliklar kirishi man etiladi” degan mashhur taqiqqa o‘xshaydi. Biroq farq shundaki, bu taqiq Brus Li rol o‘ynagan filmdan olingan afsona; xitoyliklarni haqiqatdan ham xiyobonga kiritishmagan, ammo ingliz mustamlakachilari ommaviy joyda o‘zini qanday tutish meyorlarini bilgan.
Ammo kriptohamonlarga taqiq afsona emas. Bunday taqiq endi chindan ham bor va YeI hujjatlarida bitilgan.
Darvoqe, itlarga ham kriptohamonlar ochilmaydi. Oltin standartga shunda ham rioya qilishibdi.
Albatta, bunda muammo kriptovalyutada emas, muammo tamoyilda. Muallif bu sanksiya rossiyaliklarga qanday ta’sir qilishini bilmaydi, ammo bu sanksiyalar rossiyaliklarga aslo ta’sir qilmasligiga ishonchi komil. Ammo, bu sanksiya ehtimol, o‘z qo‘rquvlariga ko‘ra “Rossiya Z” dan qochganlar his qilishlari mumkin.
Taqdir hazili bo‘yicha ularning ko‘pchiligi Yevropa uchun sinfiy va mafkuraviy yaqin bo‘lishi kerak edi. Ammo o‘z g‘oyasini tarqatish uchun butun millat bo‘lib chiqmadi. Yanada g‘alatiligi bunday rossiyaliklar guruhida “mening vatanim - butun insoniyat” tamoyili bo‘yicha yashab turib ham Yevropada rusofobiyaning borligiga ishonmaydiganlardir.
Ularning fikricha, sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarning barchasi - Rossiyaning Ukrainadagi harakatlariga nisbatan tabiiy, qonuniy va majburiy javobi va buni haqiqiy irqchilik bilan tenglashtirish mumkin emas. Rusofobiya esa - shunchaki, davlat propagandasining yorlig‘i xolos.
Qiziq, o‘z vaqtida Diksilendning paxta plantatsiyalari qullari bilan Bantustan aholisi aperteid rejimini mantiqli, insonparvar deb hisoblaganmi? Menimcha, yo‘q: ta’lim bunga yo‘l qo‘ymagan. Bir qator vatandoshlarimiz va zamondoshlarimizga hatto oliy ma’lumot ham kundek-ravshan voqealarni ham inkor eta oladi.
“Rus olami- butun Yevropa uchun halokatli saraton o‘simtasiga o‘xshaydi. Shu sababli Ukrainani Rossiyaga qarshi kurashida shunchaki qo‘llab-quvvatlash yetarli emas. Biz bu yangi dahshatli mafkurani butunlay yo‘q qilishimiz kerak”, - deydi Polsha bosh vaziri Mateush Moraveskiy.

“Rus” degan so‘ziga “yahudiy”, “arman”, “qora”, “islom” so‘zlarini qo‘yib ko‘ring. Bunday holda bu fikr shak-shubhasiz va hamma tomondan ksenofob yoki irqchi qarash deya tan olinadi. Ammo ruslar uchun yana alohida istisno qilingan, xuddi kriptohamonlar kabi.

Biroq, muammolar so‘zlarda emas. Muammo oriylarni untermenshdan ajratish, toifalarga bo‘lish va kelib chiqish tamoyiliga ko‘ra huquqlarda mag‘lub etishni nazarda tutadigan aniq meyoriy-hukuqiy aktlarda.
Bu “buzdingmi- to‘la” kabi umumiy yashash koidalariga o‘xshamaydi. Bu aslida hech qanday huquqbuzarlik sodir etmaganlarni shunchaki pasportiga qarab ajratish- diskriminatsiyadir.
Ksenofobiyani bitta ijtimoiy guruh yoki siyosiy kuchning xususiyati sifatida bilish noto‘g‘ri. Ksenofobiya ancha keng tushuncha. 1930-yillarda Yevropada antisemit bo‘lgan hamma ham millatchi bo‘lmagan. Antisemitlar liberal partiyalarda ham bo‘lgan, ishchilar, sanoatchilar, ziyolilar va bezorilar orasida ham yashagan.
1930 yillar Yevoropasi kabi hozirgi Yevroittifoq uchun ham millat va millatlar umumiyligi bor. Ularga qarshi nafrat shunchalik kattaki, xuddi majburiyatga aylangandek. Bu biz- va biz uchun Nyurnberg irqchilik qonunlari uchun muqobillar paydo bo‘lgan. Bundan taqqoslash to‘g‘ri bo‘lmasligi mumkin, ammo biz hozir aynan shu bosqichga yetib keldik.
Xolokost hali yo‘q, biroq kasblarga taqiq bor. Shaxs huquqlari hozircha bor, biroq mulk huquqlari bahsli: mulkni sudsiz faqat kelib chiqish tamoyiliga ko‘ra konfiskatsiya qilishmoqda.
Rossiyaliklarga qarshi irqchilik shu qadar sezilarliki, “YeI hamma bilan shunday yo‘l tutgan bo‘lardi” degan fikrlarga izn qolmasligi kerak.
YeI hamma bilan bunday yo‘l tutmagan bo‘lardi. Faqat rossiyaliklarga shunday qildi. Va buning sababi ular shunchaki rossiyalik bo‘lgani bilan emas, balki “Rossiyaning harakatlari Yevropada aqlga sig‘maydigan” bo‘lgani uchun. Irqchining nutqai nazaridan kelsak, u shunchaki nafratlanganidan ajratmaydi. U untermenshdan kelib chiqadigan tahdidni to‘xtatishni xohlaydi. Tahdid- untermenshning xususiyati va ancha aniq tahdidlar bo‘lganda ham irqchining ustunligi bo‘lib qoladi.
Yaqindagina Yaqin Sharq mamlakatlari aholisi yaxshi hayot izlab YeI cheragalariga hujum qilganda, Yevropa migratsiya inqirozidan larzaga kelgan edi. Ularning ko‘pchiligini hujjatlarsiz kiritishdi, boshpana berishdi. Ba’zilari keyinchalik teraktlar uyushtirdi.
O‘shanda Suriya, Eron, Liviya fuqarolariga berilgan qonuniy vizalarni bekor qilib, bir paytda ularni bankdagi pullaridan mahrum qilishganmidi? Rossiyaliklar bu yo‘lni bosib o‘tishdi.
Segregatsiya davrida qora tanlilarni “oqlar” avtobuslarga, kinoteatr va banlariga kiritishmagan. Rossiyaliklarni esa maxsus operatsiya paytida reyslardan chiqarishmoqda, moliyaviy xizmatlardan uzishmoqda, akkauntning ro‘yxatga olingan joyi tufayli bloklashmoqda - o‘zingiznikidan foydalaning deya.
Estoniyada Rossiya fuqarolariga avvallari mamlakat qonunlari bo‘yicha berilgan qurolni sotib olish man qilindi. Aftidan, milliy uyg‘unlashishning keyingi bosqichida ruslarning o‘zini otish imkonini ham qoldirishmoqchi emaslar.
Olster muammolari fonida britaniyaliklar irlandlarga qurol olishni taqiqlagan edimi?
Kipr Respublikasi shimoliy hududlari okkupatsiyasidan so‘ng Turkiya tadbirkorlariga sanksiyalar qo‘llanilganmidi?
Golan tizmalarining rasmiy anneksiyasidan so‘ng biror kompaniya isroilliklarga taqiq qo‘ydimi?
O‘tgan yuz yil ichida arab dunyosida sodir bo‘lgan barcha voqealar tufayli Yevropaning jamoat maydoni arab tili va madaniyatidan qay darajada tozalandi?
Ruslarga qarshi irqchilik uchun dalillar dissertatsiyalarga yetgulik. Ammo qizig‘i endi nima bo‘lishida.
Huquqiy nuqtayi nazardan, hatto Uchinchi Reyxning sinchkov nemislari ham rasmiylashtirishga ulgurmagan keyingi qadam, untermenshlarni asosiy yashash huquqini qayta ko‘rib chiqish bo‘lgan. Bunday qarashni skeptik (hattoki Tbilisidan bo‘lsa ham), ishonch bilan rad etadi, albatta Yevroittifoqda bunaqasi hech qachon sodir bo‘lmaydi deydi.

Amaliyotda esa “hech qachon”lar Leonid Yakubovich o‘sha mashhur ko‘rsatuvlarini olib borgan paytlarga to‘g‘ri keladi, unda esa Xorvatiya hukumati serblarni etnik tozalashni duo qilayotgan paytlar edi. Bu harakat aslida “qat’iy va vayronkor” sanksiyalarga uchrashi kerak edi. Biroq, buning o‘rniga Zagrebni Yevroittifoqqa qabul qilishdi. Serblarchi? Qo‘ysangizchi? Ularni kim o‘ylabdi.

Rossiyaliklarga kelsak, ularning yashash huquqi ajralmasligi haqidagi munozara endigina ochildi. Buni Yevropa Ittifoqida o‘ta nufuzli va obro‘li shaxs bo‘lgan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “bo‘ysunmaslik” tamoyili asosida NATOga Rossiya hududiga profilaktik yadroviy zarba berishni taklif qilish orqali qildi.
Ertasi kuni Qrim ko‘prigida terakt sodir bo‘ldi, kamida uch kishi halok bo‘ldi, barchasi tinch aholi edi. Hammasi rossiyaliklar edi.
“Estoniya, shak-shubhasiz, buni olqishlaydi”, -deb butun mamlakat nomidan gapirdi mamlakat TIV rahbari Urmas Reynsalu.
Biroq, Reynsalu verifikatsiyalangan millatchi - o‘ta o‘ng partiyaning a’zosi. U Estoniya SS legionerlarining yurishini “Bu odamlar xalqimiz sha’nini saqlab qoldi” jumlasi bilan qarshi olgan.
Darvoqe, “Mening orim - bu fidokorlik” - bu nafaqat SSning balki Gitler partiyasining shiori.
Ksenofobiya esa yuqorida aytilganidek, mafkuralar va qatlamlardan kengroq. Polshaning, so‘l partiyasi deputati, o‘ta konservativ mamlakatdagi gey-siyosatchi Robert Bedronya uchun - ushbu terakt “yurak uchun malhamdek” bo‘lgan.

Biroq, Ukraina tashqarisida etnik tozalashga hali uzoq. Yevropa- irqchilik beshigi. U yerda rasman irqchilardan va ruslardan nafratlanishadi. Ammo uning zamonaviy ksenofobiyasi chegaralariga ega va o‘z-o‘zini himoya qilish instinktiga bo‘ysunadi.

Biroq, institutsional irqchilikning barcha ma’lum hikoyalari bir narsani o‘rgatadi: agar kimdir o‘zini sizni yomon ko‘radigandek tutsa, boshqa birovning “sivilizatsiyasi” ni ko‘z bilan baholamasdan, undan uzoqroq turing.
U yoki bu irqchilarning “sivilizatsiyalashganiga” ishonch ba’zida juda qimmatga tushadi. Hattoki bitkoindan ham.
Yangiliklar lentasi
0