Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

AQSh Ukrainadagi mojaroga haqiqiy munosabatini ko‘rsatdi — NI

© AP Photo / Evgeniy MaloletkaUkrainskiy flag i monument "Rodina-Mat" v Kiyeve, Ukraina.
Ukrainskiy flag i monument Rodina-Mat v Kiyeve, Ukraina. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.10.2022
Obuna bo‘lish
Maqolada qayd etilishicha, Amerika Qo‘shma Shtatlari Moskva va Kiyev o‘rtasidagi mojaro haddan tashqari uzoqqa borishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlarida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Rossiyaga qarshi “oldindan zarba berish” haqidagi bayonoti qo‘llab-quvvatlanmadi, chunki ular mojaro keng ko‘lamli urushga aylanib ketishini xohlamaydi. Bu haqda “The National Interest” nashri uchun Mark Episkopos yozmoqda.
Oq uy Ukrainaga katta sarmoya kiritgan bo‘lsa-da, yadroviy kuchayish va mojaroning Yevropa qit’asida kengroq an’anaviy urushga aylanib ketishining oldini olish uchun qat’iy harbiy va siyosiy chegaralarni o‘rnatdi”, deyiladi xabarda.
Maqolada qayd etilishicha, Ukrainaning maqsadlariga qaramay, Qo‘shma Shtatlar Moskva va Kiyev o‘rtasidagi mojaro haddan tashqari uzoqqa borishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.
Shu hafta Zelenskiy Avstraliyaning Loui institutida videoaloqa orqali nutq so‘zladi va G‘arbni “Moskva yadro qurolidan foydalanish ehtimolini istisno qilishga” chaqirdi.
Buning uchun, Shimoliy Atlantika alyansi profilaktik harakat qilishi kerak, dedi u. Keyinroq Zelenskiyning idorasi “oldindan zarba berish” deganda u sanksiyalarni nazarda tutganini tushuntirdi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina davlati rahbarining bayonotini jahon urushini boshlashga chaqirish deb atadi va bunday mojaro yuzaga kelgan taqdirda oqibatlari dahshatli va oldindan aytib bo‘lmaydigan bo‘lishini eslatdi.
Yangiliklar lentasi
0