https://oz.sputniknews.uz/20221009/tramp-ukrainadagi-mojaroni-yakunlash-uchun-muzokaralarni-boshlashga-chaqirdi-28955427.html
Tramp Ukrainadagi mojaroni yakunlash uchun muzokaralarni boshlashga chaqirdi
Tramp Ukrainadagi mojaroni yakunlash uchun muzokaralarni boshlashga chaqirdi
Sputnik O‘zbekiston
AQShning sobiq prezidentining fikricha, muzokaralar o‘tkazilmasa, mojaro uchinchi jahon urushini keltirib chiqarishi mumkin. 09.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-09T13:54+0500
2022-10-09T13:54+0500
2022-10-09T13:54+0500
dunyoda
donald tramp
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/09/28955015_0:0:3073:1730_1920x0_80_0_0_3849173963bf5e93b19f94980f5a5906.jpg
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi mojaroni yakunlash uchun zudlik bilan muzokaralar boshlash kerak deb hisoblaydi. Bu haqda siyosatchi Nevada shtatida tarafdorlari oldida nutq so‘zlayotgan paytida ma’lum qildi.4 oktabr kuni Kiyev Moskva bilan muzokaralardan rasman bosh tortdi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukrainaning Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazishning iloji yo‘qligi to‘g‘risidagi qarorini amalga kiritdi.Bu Rossiya prezidenti Vladimir Putin 30-sentabr kuni Kiyevni zudlik bilan harbiy harakatlarni bas qilish va muzokaralar stoliga qaytishni chaqirganidan keyin ro‘y berdi. Rossiya hukumati mojaroni tinchlik yo‘li bilan hal qilish uchun muzokaralarga tayyorligini takrorlab keladi, Ukraina esa muzokaralardan bosh tortib kelmoqda.Rossiya-Ukraina muzokaralariRossiya-Ukraina muzokaralari 28-fevralda, urush boshlaganidan to‘rt kun o‘tib o‘tkazila boshladi. Belarusda bir nechta uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, keyin muzokarachilar video aloqa orqali muloqotni davom ettirdi. 10-mart kuni Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan diplomatik forum doirasida Turkiya Rossiya va Ukraina Tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov va Dmitriy Kulebaning uchrashuvini tashkil qildi. 29-mart kuni esa Istanbulda yuzma-yuz muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uning yakunlari bo‘yicha Rossiya delegatsiyasi Ukraina tomonidan o‘rganib chiqiladigan va mamlakat rahbariyatiga yetkaziladigan aniq shakllangan pozitsiya va takliflarni oldi.Biroq, keyinroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina muzokaralar jarayonini sekinlashtirish maqsadida o‘z takliflaridan voz kechib, ko‘plab provokatsiyalar yaratayotganini aytdi.Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Ukrainada tinchlik Rossiya shartlarida o‘rnatilishini ta’kidlagan edi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/09/28955015_97:0:2828:2048_1920x0_80_0_0_e3f1527becf15a9efde0e0f4fd1ad6af.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, donald tramp, ukraina
dunyoda, donald tramp, ukraina
Tramp Ukrainadagi mojaroni yakunlash uchun muzokaralarni boshlashga chaqirdi
AQShning sobiq prezidentining fikricha, muzokaralar o‘tkazilmasa, mojaro uchinchi jahon urushini keltirib chiqarishi mumkin.
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi mojaroni yakunlash uchun zudlik bilan muzokaralar boshlash kerak deb hisoblaydi. Bu haqda siyosatchi Nevada shtatida tarafdorlari oldida nutq so‘zlayotgan paytida
ma’lum qildi. “Bizda hozir Rossiya va Ukraina o‘rtasida mojaro bor. <...> Biz zudlik bilan urushning tinch yakunlanishi borasida zudlik bilan muzokaralar o‘tkazishimiz kerak yoki biz uchinchi jahon urushiga kelamiz”, - dedi Tramp.
4 oktabr kuni Kiyev Moskva bilan muzokaralardan rasman bosh tortdi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukrainaning Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazishning iloji yo‘qligi to‘g‘risidagi qarorini amalga kiritdi.
Bu Rossiya prezidenti Vladimir Putin 30-sentabr kuni Kiyevni zudlik bilan harbiy harakatlarni bas qilish va
muzokaralar stoliga qaytishni chaqirganidan keyin ro‘y berdi. Rossiya hukumati mojaroni tinchlik yo‘li bilan hal qilish uchun muzokaralarga tayyorligini takrorlab keladi, Ukraina esa muzokaralardan bosh tortib kelmoqda.
Rossiya-Ukraina muzokaralari
Rossiya-Ukraina muzokaralari 28-fevralda, urush boshlaganidan to‘rt kun o‘tib o‘tkazila boshladi. Belarusda bir nechta uchrashuvlar
bo‘lib o‘tdi, keyin muzokarachilar video aloqa orqali muloqotni
davom ettirdi. 10-mart kuni Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan diplomatik forum doirasida Turkiya Rossiya va Ukraina Tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov va Dmitriy Kulebaning uchrashuvini
tashkil qildi. 29-mart kuni esa Istanbulda yuzma-yuz muzokaralar
bo‘lib o‘tdi. Uning yakunlari bo‘yicha Rossiya delegatsiyasi Ukraina tomonidan o‘rganib chiqiladigan va mamlakat rahbariyatiga yetkaziladigan aniq shakllangan pozitsiya va takliflarni oldi.
Biroq, keyinroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina muzokaralar jarayonini sekinlashtirish maqsadida o‘z takliflaridan voz kechib, ko‘plab provokatsiyalar
yaratayotganini aytdi.Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Ukrainada tinchlik Rossiya shartlarida o‘rnatilishini
ta’kidlagan edi.