Surxondaryo viloyatidagi ayrim xonadonlar ilk bor toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi

© Depositphotos / RteeNattapongRebenok protagivayet ruki k kranu s vodoy
Rebenok protagivayet ruki k kranu s vodoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2022
Obuna bo‘lish
Kelgusida qurilish-montaj ishlari yakuniga yetkazilgach, viloyatda 1100 ta xonadon toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Surxondaryo viloyatida 696 ta xonadon ilk bor toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi. Bu haqida O‘zsuvta’minot xabar berdi.
Aytilishicha, viloyat bo‘yicha jami 16,7 km suv quvurlari tortish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan joylarda 7,45 km ichimlik suv quvurlari tortildi. Natijada 696 ta xonadon va 1 ta maktab ilk bor ichimlik suv ta’minoti bilan ta’minlandi.
© O‘zsuvta’minot Surxondaryo viloyati
Surxondaryo viloyati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2022
Surxondaryo viloyati
“Aholi har kungi iste’mol uchun suvni tashib keltiradigan avtomashinalardan olishar edi. Obod yurt mahallasida yashovchi kam ta’minlangan xonadonlarga 1 km uzunlikdagi plastik quvurlarni tortish orqali 92 ta xonadonimiz ilk bor ichimlik suvi bilan ta’minlandi”, deydi mahalla raisi Mamatmo‘min Xo‘jamiyorov.
Shuningdek, ichimlik suv ta’minoti inshootlariga rejalashtirilgan 22 ta yangi suv nasoslari to‘liq o‘rnatilib, 1 dona transformator ta’mirlanishi natijasida 6 952 ta xonadon va 1 ta nogironlar uyining ichimlik suv ta’minoti yaxshilanishiga erishildi.
Qayd etilishicha, qurilish-montaj ishlari yakuniga yetkazilgach, viloyatda 1100 ta xonadon toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.
© O‘zsuvta’minot Surxondaryo viloyati
Surxondaryo viloyati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2022
Surxondaryo viloyati
Hozirda Termiz shahar oqova suv tozalash inshootini rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshirish uchun Surxondaryo viloyat hokimining tegishli farmoyishiga asosan 1,3 mlrd so‘m mablag‘ ajratilib, qurilish ishlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0