Sankt-Peterburgda MDH kuzatuvchilarining referendumlarda ishtiroki ko‘rib chiqildi

© Oliy Majlis Senati MDH Parlamentlararo Assambleyasi
MDH Parlamentlararo Assambleyasi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik senator Shuhrat Cho‘lliyev MDH Parlamentlararo Assambleyasi ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etdi.
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Sankt-Peterburgda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Parlamentlararo Assambleyasi tomonidan xalqaro kuzatuvchilarning referendumlarda ishtiroki masalasi ko‘rib chiqildi. Bu haqida Oliy Majlis Senati xabar berdi.
MDH Demokratik saylovlar standartlari to‘g‘risidagi konvensiyasi: xalqaro hamkorlik uchun ochiq maydon nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida “Saylovlarni kuzatish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, MDH PAning Huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi Shuhrat Cho‘lliyev ishtirok etdi.
Senator MDH PA xalqaro kuzatuvchilar guruhi tomonidan referendumlar o‘tkazilishi monitoringi mavzusida ma’ruza qildi.
Sh.Cho‘lliyev MDH PA referendumlarni kuzatish bo‘yicha katta tajribaga ega ekanini, uning xalqaro kuzatuvchilari Hamdo‘stlik davlatlari va MDHga a’zo bo‘lmagan davlatlarda o‘tkazilgan 10 dan ortiq referendumlarni kuzatishda ishtirok etganini ta’kidlab o‘tdi.
Senatorning so‘zlariga ko‘ra, referendumlar o‘tkazilishi monitoringi ko‘p jihatdan saylovlarni monitoring qilish jarayoniga o‘xshash bo‘lsa-da, ular orasida ma’lum farqlar mavjud.
Davra suhbatida saylovni kuzatish institutini rivojlantirish amaliyoti va istiqbollari, jamoatchilik va xalqaro kuzatuvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan takliflar bildirildi.
Yangiliklar lentasi
0