Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

LXRda 4 ta Ukraina qo‘poruvchi guruhi yo‘q qilindi

© Sputnik / Viktor Antonyuk / Mediabankka o‘tishBoyes Narodnoy militsii LNR, arxivnoe foto
Boyes Narodnoy militsii LNR, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vazirligi LXR hududida to‘rtta Ukraina qo‘poruvchi razvedka guruhi aniqlanib yo‘q qilinganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Lugansk xalq respublikasida (LXR) to‘rtta Ukraina qo‘poruvchi razvedka guruhi aniqlanib yo‘q qilindi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
“Lugansk xalq respublikasining Novovodanoe, Karmazinovka va Makeyevka aholi punktlari hududida to‘rtta Ukraina qo‘poruvchi razvedka guruhi aniqlanib, artilleriya quroli bilan yo‘q qilindi. 17 nafar jangari, yirik kalibrli pulemoti bo‘lgan ikkita pikap va bitta avtomobil yakson qilindi”, - deyiladi xabarda.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.
Yangiliklar lentasi
0