https://oz.sputniknews.uz/20221009/germaniya-aholisi-tirgarten-markaziy-bogidagi-deyarli-barcha-daraxtlarni-kesib-tashladi---oav-28954719.html
Germaniya aholisi Tirgarten markaziy bog‘idagi deyarli barcha daraxtlarni kesib tashladi - OAV
Germaniya aholisi Tirgarten markaziy bog‘idagi deyarli barcha daraxtlarni kesib tashladi - OAV
Sputnik O‘zbekiston
Yevropaliklar o‘rtasida dunyodagi eng asosiy yoqilg‘ini sotib olish bo‘yicha vahima alomatlari paydo bo‘ldi. 09.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-09T13:27+0500
2022-10-09T13:27+0500
2022-10-09T13:27+0500
dunyoda
germaniya
energetika
isitish tizimi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/16/25557602_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_1fe2f28d42a37a93aa8d172dd3cd7b53.jpg
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Energiya inqirozi tufayli umidsiz bo‘lgan yevropaliklar dunyodagi eng qadimgi isitish yoqilg‘isiga qaytishmoqda, nemislar esa hattoki Ikkinchi jahon urushi aks-sadolarini eslamoqda. Bu haqida RIA novosti “Bloomberg”ga tayanib xabar berdi.Berlinda inqiroz Ikkinchi Jahon urushidan keyin vayronagarchilik aks-sadolarini keltirib chiqarmoqda.Yoqilg‘i yetishmovchiligi sababli, aholi isitish uchun Tirgarten markaziy bog‘idagi deyarli barcha daraxtlarni kesib tashladi.Shuningdek, aholi ot go‘ngidan yoqilg‘i sifatida foydalanishga qiziqa boshladi, deyiladi xabarda.Fransiyada yog‘och granulalari narxi qariyb ikki baravarga oshib, bir tonnasi 600 yevroga yetdi. Aholi o‘rtasida dunyodagi eng asosiy yoqilg‘ini sotib olish bo‘yicha vahima alomatlari paydo bo‘ldi.Vengriya yoqilg‘i granulalar eksportini taqiqladi, Ruminiya esa olti oy davomida o‘tin narxini chekladi. Aytilishicha, ayni paytda, yog‘ochli pechlar yetkazib berish uchun bir necha oy vaqt ketishi mumkin.Rossiyaning Ukrainani demilitarizatsiya qilish va denaziyalashtirish bo‘yicha maxsus operatsiyasi boshlanganidan so‘ng, G‘arb Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi. Rossiyaning yuzlab milliard dollarlik aktivlari muzlatib qo‘yildi, Evropa Ittifoqi allaqachon yettita cheklov choralarini, jumladan ko‘mir va neftga embargoni qabul qildi.Biroq Yevropa mamlakatlari aholisi allaqachon oziq-ovqat, yoqilg‘i va elektr energiyasi narxining sezilarli o‘sishiga duch kelgan va hukumat energetika inqirozi tufayli tejamkorlik choralarini joriy etishga majbur.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/16/25557602_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_c22a45a39c91abb9b663362d59180d4a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, germaniya, energetika, isitish tizimi
dunyoda, germaniya, energetika, isitish tizimi
Germaniya aholisi Tirgarten markaziy bog‘idagi deyarli barcha daraxtlarni kesib tashladi - OAV
Yevropaliklar o‘rtasida dunyodagi eng asosiy yoqilg‘ini sotib olish bo‘yicha vahima alomatlari paydo bo‘ldi.
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Energiya inqirozi tufayli umidsiz bo‘lgan yevropaliklar dunyodagi eng qadimgi isitish yoqilg‘isiga qaytishmoqda, nemislar esa hattoki Ikkinchi jahon urushi aks-sadolarini eslamoqda. Bu haqida RIA novosti “Bloomberg”ga tayanib xabar
berdi. Berlinda inqiroz Ikkinchi Jahon urushidan keyin vayronagarchilik aks-sadolarini keltirib chiqarmoqda.
Yoqilg‘i yetishmovchiligi sababli, aholi isitish uchun Tirgarten markaziy bog‘idagi deyarli barcha daraxtlarni kesib tashladi.
Shuningdek, aholi ot go‘ngidan yoqilg‘i sifatida foydalanishga qiziqa boshladi, deyiladi xabarda.
Fransiyada yog‘och granulalari narxi qariyb ikki baravarga oshib, bir tonnasi 600 yevroga yetdi. Aholi o‘rtasida dunyodagi eng asosiy yoqilg‘ini sotib olish bo‘yicha vahima alomatlari paydo bo‘ldi.
Vengriya yoqilg‘i granulalar eksportini taqiqladi, Ruminiya esa olti oy davomida o‘tin narxini chekladi. Aytilishicha, ayni paytda, yog‘ochli pechlar yetkazib berish uchun bir necha oy vaqt ketishi mumkin.
Rossiyaning Ukrainani demilitarizatsiya qilish va denaziyalashtirish bo‘yicha maxsus operatsiyasi boshlanganidan so‘ng, G‘arb Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi. Rossiyaning yuzlab milliard dollarlik aktivlari muzlatib qo‘yildi, Evropa Ittifoqi allaqachon yettita cheklov choralarini, jumladan ko‘mir va neftga embargoni qabul qildi.
Biroq Yevropa mamlakatlari aholisi allaqachon oziq-ovqat, yoqilg‘i va elektr energiyasi narxining sezilarli o‘sishiga duch kelgan va hukumat energetika inqirozi tufayli tejamkorlik choralarini joriy etishga majbur.