Ertaga Toshkentda to‘qimachilik sanoati haftaligi o‘z ishini boshlaydi

© O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati haftaligi
O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati haftaligi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2022
Obuna bo‘lish
Toshkentda to‘qimachilik va moda sanoatining mahalliy va xorijlik mutaxassislari, ishbilarmonlar jam bo‘ladi.
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. O‘zbekistonda 10-15 oktabr kunlari to‘qimachilik sanoati haftaligi bo‘lib o‘tadi. Bu haqida O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi xabar berdi.
Aytilishicha, Toshkentda to‘qimachilik va moda sanoatining mahalliy va xorijlik mutaxassislari, ishbilarmonlari yagona platformada jam bo‘lishadi.
Haftalik doirasida forum va ko‘rgazmalar, moda namoyishlari, to‘qimachilik sanoatidagi eng so‘nggi ma’lumotlar va innovatsiyalar bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida mahorat darslari o‘tkaziladi.
Butun hafta voqealar, jumladan "UzTextile Expo 2022", xalqaro to‘qimachilik va moda ko‘rgazmasi, "Ready-to-wear" moda ko‘rgazmasi, barqaror ishlab chiqarish bo‘yicha sayohat, maxsus xaridorlar dasturiga boy bo‘ladi.
Shuningdek, hafta doirasida o‘tkaziladigan Toshkent to‘qimachilik sammiti jahon to‘qimachilik bozorida yangi muvozanat – ishtirokchilar va tendensiyalar mavzusiga bag‘ishlanadi. Tadbir qatnashuvchilarining e’tibori yetkazib berish zanjiri (supply chain) barqarorligi, to‘qimachilikda innovatsiyalar va qayta ishlash masalalariga qaratiladi.
Sammitda 15 ta davlatdan 400 dan ortiq xalqaro ishtirokchilar qatnashishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, 2022-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistondan qiymati 2,2 mlrd dollarga teng to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilingan. 8 oy davomida dunyoning 68 ta davlatiga to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilingan. Asosiy xaridorlardan biri – Rossiya.
Yangiliklar lentasi
0