https://oz.sputniknews.uz/20221009/elektr-va-gazni-qayta-ulash-uchun-tolov-bekor-qilinishi-mumkin-28956899.html
Elektr va gazni qayta ulash uchun to‘lov bekor qilinishi mumkin
Elektr va gazni qayta ulash uchun to‘lov bekor qilinishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Adliya vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi elektr va gaz tarmoqlaridan ilgari uzib qo‘yilgan shaxslarni qayta ulashda to‘lovlarni bekor qilishni taklif... 09.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-09T14:59+0500
2022-10-09T14:59+0500
2022-10-09T14:59+0500
adliya vazirligi
elektr energiyasi
gaz
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/08/26945251_0:145:3125:1903_1920x0_80_0_0_af5f59d25fd67ae3bf0a220718c4ef69.jpg
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. O‘zbekistonda elektr va gaz tarmoqlaridan ilgari uzib qo‘yilgan shaxslarni qayta ulashda to‘lovlar bekor qilinishi kutilmoqda. Adliya vazirligi Hukumatning tegishli qaror loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygan.Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O‘rinboyevaning Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, elektr va gaz tarmoqlaridan avval uzib qo‘yilgan maishiy iste’molchilarni qayta ulashda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida (600 ming so‘m) to‘lov undirilgan.Yuridik shaxslardan esa bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida (3 million so‘m) to‘lov undiriladi va ushbu mablag‘lar ularni qayta ulagan tashkilotning hisob raqamiga o‘tkaziladi.Shuningdek, qaror loyihasida elektr ta’minoti korxonasi yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulashni o‘z vaqtida yakunlamasa, kechiktirilgan har bir kun uchun bajariladigan jami ishlar qiymatining 20 foiz miqdorida kompensatsiya to‘lashi belgilanmoqda.Kompensatsiyani to‘lanishi elektr ta’minoti korxonasiga tadbirkorning elektrga ulash ishlarini oxiriga yetkazmaslik vakolatini bermaydi.Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va gaz ta’minoti tashkilotining majburiyatlari qo‘yidagilar bilan to‘ldirilmoqda:Bundan tashqari, qaror loyihasida ikki oy muddatda elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berishni cheklash va to‘xtatish tartibini buzganlik uchun energiya ta’minoti tashkilotlariga nisbatan ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/08/26945251_198:0:2927:2047_1920x0_80_0_0_a6ea865645a5df4953e2c27fd3e73072.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
adliya vazirligi, elektr energiyasi, gaz, iqtisod
adliya vazirligi, elektr energiyasi, gaz, iqtisod
Elektr va gazni qayta ulash uchun to‘lov bekor qilinishi mumkin
Adliya vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi elektr va gaz tarmoqlaridan ilgari uzib qo‘yilgan shaxslarni qayta ulashda to‘lovlarni bekor qilishni taklif qilmoqda.
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. O‘zbekistonda elektr va gaz tarmoqlaridan ilgari uzib qo‘yilgan shaxslarni qayta ulashda to‘lovlar bekor qilinishi kutilmoqda. Adliya vazirligi Hukumatning tegishli qaror loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik
muhokamasiga qo‘ygan. Hujjatga ko‘ra, Adliya vazirligi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan birga elektr va gaz tarmoqlaridan ilgari uzib qo‘yilgan shaxslarni qayta ulashda qonunchilik hujjatlari bilan o‘rnatilgan to‘lovlarni bekor qilish taklifini bildirmoqda.
Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O‘rinboyevaning
Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, elektr va gaz tarmoqlaridan avval uzib qo‘yilgan maishiy iste’molchilarni qayta ulashda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida (600 ming so‘m)
to‘lov undirilgan.Yuridik shaxslardan esa bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida (3 million so‘m) to‘lov undiriladi va ushbu mablag‘lar ularni qayta ulagan tashkilotning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
“Elektr va gaz tarmoqlariga ulash va qayta ulash xizmatlari ma’muriy reglament bilan tartibga solinishi hamda ushbu masalalar shartnomaviy-huquqiy munosabatlar hisoblanishini inobatga olib, bu normani chiqarib tashlash taklif etilmoqda”, - deydi Sevara O‘rinboyeva.
Shuningdek, qaror loyihasida elektr ta’minoti korxonasi yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulashni o‘z vaqtida yakunlamasa, kechiktirilgan har bir kun uchun bajariladigan jami ishlar qiymatining 20 foiz miqdorida kompensatsiya to‘lashi belgilanmoqda.
Kompensatsiyani to‘lanishi elektr ta’minoti korxonasiga tadbirkorning elektrga ulash ishlarini oxiriga yetkazmaslik vakolatini bermaydi.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va gaz ta’minoti tashkilotining majburiyatlari qo‘yidagilar bilan to‘ldirilmoqda:
iste’molchiga har yili 1-fevral kuniga qadar yil davomida foydalanilgan gaz va elektr energiyasi hajmi va amalga oshirilgan to‘lovlar (oylar kesimida) to‘g‘risida axborotni bepul taqdim etish;
iste’molchilarning shaxsiga doir ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga oshkor etmaslik;
24 soat mobaynida tunu kun ishlaydigan yagona “call-center” markazlar faoliyatini tashkil etish;
Bundan tashqari, qaror loyihasida ikki oy muddatda elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berishni cheklash va to‘xtatish tartibini buzganlik uchun energiya ta’minoti tashkilotlariga nisbatan ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.