https://oz.sputniknews.uz/20221009/bibiona-yodgorligini-ochiq-osmon-ostidagi-muzeyga-aylantirish-zarurati-bor--mutaxassis-28956819.html
Bibiona yodgorligini ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantirish zarurati bor – mutaxassis
Bibiona yodgorligini ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantirish zarurati bor – mutaxassis
Sputnik O‘zbekiston
Qadimshunoslar Chustda qazishma ishlarini olib borishmoqda. 09.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-09T15:26+0500
2022-10-09T15:26+0500
2022-10-09T15:26+0500
jamiyat
namangan viloyati
arxeologik topilma
tarixiy yodgorlik
muzey
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/09/28957588_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_712104528c2c0223f4b47806bc51a900.jpg
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Namangan viloyati Chust tumanida joylashgan “Bibiona” arxeologik yodgorligi hududi ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantirilishi mumkin. Bu haqida Namangan viloyati hokimligi xabar berdi.Aytilishicha, hududda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida “Bibiona” yodgorligining madaniy qatlamlari va qo‘lga kiritilgan moddiy ashyolarni ilmiy jihatdan tahlil qilish jarayonida davrlashtirish masalasi qaytadan kompleks o‘rganishni taqozo etmoqda.Qadimshunosning so‘zlariga ko‘ra, yodgorlikda paleozoologik va paleobotanik tadqiqotlarni zamonaviy uslublar orqali olib borish lozim. Chunki, olib borilgan tadqiqotlar natijasida madaniy qatlamlardan ko‘plab hayvon suyaklari va o‘simlik qoldiqlari topilmoqda.Chust madaniyatining kashf etilganiga 50-yildan ortiq vaqt o‘tishiga qaramay, hali ham ushbu madaniyat aholisiga tegishli maxsus qabristonlar ochilmagan.Qayd etilishicha, “Bibiona” arxeologik yodgorligini muhofaza chegarasini aniqlashtirish va obyektni turli tashqi ta’sirlardan himoya qilish rejasini ishlab chiqish ham kunning dolzarb masalasi hisoblanadi.Ma’lumot uchun, Chust shahrining yoshi to‘g‘risida bir qancha taxminlar mavjud. Masalan, Bibiona manzilgohida 1953, 1957, 1959, 1961-yillarda olib borilgan arxeologik qazilma ishlari natijasida bu yerdagi madaniyat so‘nggi bronza va ilk temir davriga mansubligi ma’lum bo‘lgan.
namangan viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/09/28957588_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_9f6ad3f7d91dd3651cd622e1bce1ba13.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, namangan viloyati, arxeologik topilma, tarixiy yodgorlik, muzey
jamiyat, namangan viloyati, arxeologik topilma, tarixiy yodgorlik, muzey
Bibiona yodgorligini ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantirish zarurati bor – mutaxassis
Qadimshunoslar Chustda qazishma ishlarini olib borishmoqda.
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Namangan viloyati Chust tumanida joylashgan “Bibiona” arxeologik yodgorligi hududi ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantirilishi mumkin. Bu haqida Namangan viloyati hokimligi xabar
berdi. Aytilishicha, hududda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida “Bibiona” yodgorligining madaniy qatlamlari va qo‘lga kiritilgan moddiy ashyolarni ilmiy jihatdan tahlil qilish jarayonida davrlashtirish masalasi qaytadan kompleks o‘rganishni taqozo etmoqda.
“O‘rganilgan qazuv obyektini kelgusida yanada kengaytirish va shu asnoda ochiq osmon ostidagi muzeyini tashkil etish zarurati bor”, deydi Axsikent madaniy meros yodgorligini saqlash va tadqiq qilish direksiyasi ilmiy xodimi, Shukrullo Nasriddinov.
Qadimshunosning so‘zlariga ko‘ra, yodgorlikda paleozoologik va paleobotanik tadqiqotlarni zamonaviy uslublar orqali olib borish lozim. Chunki, olib borilgan tadqiqotlar natijasida madaniy qatlamlardan ko‘plab hayvon suyaklari va o‘simlik qoldiqlari topilmoqda.
Chust madaniyatining kashf etilganiga 50-yildan ortiq vaqt o‘tishiga qaramay, hali ham ushbu madaniyat aholisiga tegishli maxsus qabristonlar ochilmagan.
“Yodgorlikda zamonaviy texnologiyalar asosida tadqiqot ishlarini davom ettirish, ya’ni Innovatsion rivojlanish vazirligining “Yuqori texnologiyalar laboratoriyasi” asosida yodgorlikni skaner qilish, planiografik va stratigrafik qazishma ishlarini olib borish kerak”, deydi u.
Qayd etilishicha, “Bibiona” arxeologik yodgorligini muhofaza chegarasini aniqlashtirish va obyektni turli tashqi ta’sirlardan himoya qilish rejasini ishlab chiqish ham kunning dolzarb masalasi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Chust shahrining yoshi to‘g‘risida bir qancha taxminlar mavjud. Masalan, Bibiona manzilgohida 1953, 1957, 1959, 1961-yillarda olib borilgan arxeologik qazilma ishlari natijasida bu yerdagi madaniyat so‘nggi bronza va ilk temir davriga mansubligi ma’lum bo‘lgan.